×

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi birinchi stipendiya tanlovini eʼlon qildi; joy – 500 ta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

22220 marta

CHOP ETILGAN

14.01.2023

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qildi.

Stipendiya tanlovi doirasida jami 500 ta oʻrin ajratilgan boʻlib, turli bosqichlarda oʻqish uchun quyidagicha taqsimalanadi:

  • Bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 ta;
  • Magistratura taʼlim dasturi uchun 275 ta;
  • Doktorantura taʼlom dasturi uchun 150 ta oʻrin.

Ushbu 500 oʻrinning 60 tasi ayol-qizlar uchun qoʻshimcha oʻrin sifatida ajatiladi.

Jamgʻarma stipendiyasi nimalarni qoplaydi?

“El-yurt” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan nomzodlarning xorijda tahsil olishi uchun quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Oʻqish qiynati toʻlovi (tuition fee).
  • Vizalar olish xarajatlari.
  • Yiliga bir marta tahsil olinadigan davlatga borish va qaytish uchun trasnport xarajatlari.
  • Yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari.
  • Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish toʻlovlari.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari.
  • Taʼlim olish bilanbogʻliq boshqa xarajatlar.

Stipendiya qanday sohalarda oʻqish uchun beriladi?

Stipendiya ajratiladigan sohalar nihoyatda koʻp. Jumladan, taʼlim, sanʼat, tillar, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, biznes va boshqaruv, huquq, biologiya va turdosh fanlar, atrof-muhi, fizika va tabiiy fanlar, matematika va statistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari, arxitektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, baliq xoʻjaligi, veterinariya, sogʻliqni saqlash, xizmat koʻrsatish sohasi, gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, transport xizmatlari sohalari kesimida koʻplab mutxassislik yoʻnalishlari uchun ushbu stipendiya taqdim etiladi.

Stipendiya ajratiluvchi ustuvor mutaxassislik yoʻnalishlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Hujjat topshrish qachon?

Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn hujjat topshirish platformasida amalga oshiriladi.

Saralash bosqichlari 2022-yil 1-maydan 1-iyunga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq manbalar:

Ushbu stipendiya boʻyicha savollar yuzasidan telegram orqali @@EYUF_Admission_2023 botiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!