×

«El-yurt umidi» Jamg’armasinig xorijda magistratura, doktoranturada o’qish, malaka oshirish va stajirovjka uchun to’liq grant dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

22399 marta

CHOP ETILGAN

15.03.2019

Qayerda: Dunyo bo’ylab (TOP 500 likka kirgan universitetlar yoki tanlangan fan yoʻnalishi boʻyicha dunyoning kuchli 200 taligiga kirgan universtetlarda)

Kim uchun: Magistratura, doktoranturada oʻqishni, xorijda malaka oshirish yoki stajirovka oʻtashni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 20-martigacha

Umumiy maʻlumot: «El-yurt umidi» Jamgʻarmasi quyidagi 4 ta yoʻnalish boʻyicha magistratura, doktorantura, malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash uchun hujjatlarni qabul qilmoqda:

  • Fan va ilmiy-tadqiqotlar
  •  Sogʻliqni saqlash
  • Davlat boshqaruvi
  • Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.

Yuqoridagi sohalardan birida faoliyat yurituvchi xodimlar grantga ega boʻlish uchun joriy yilning 20-martigacha zaruriy hujjatlarni elektron tarzda topshirishi lozim.

Iqtisodiy imtiyozlar: «El-yurt umidi» Jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritiganlar quyidagi imiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
  • Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
  • Turara joy, transprt, oziq-ovqat va shunga oʻxshash boshqa kundalik xarajatar uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Viza xarajatlari qoplab beriladi.
  • Sugʻurta toʻlovlari toʻlab beriladi.

Nomzodga qoʻyilgan talablar: Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Nomzod yuqorida sanab oʻtigan 4 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha tashkilot, organ, idora, vazirlik yoki boshqa tuzilmada ishlayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod kerakli diplomga ega boʻlishi kerak (magistartura uchun bakalavrlik, doktorantura uchun magistrlik, malaka oshirish uchun bakalavrlik yoki magistrlik diplomi).
  • Nomzod oʻqishni tugatgach ular bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddat davomida oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida ishlab berishi kerak.
  • Nomzod xorijda taʼlim olishi uchun tanlangan mutaxassislik boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Tanlovlarda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin emas:
    – magistratura dasturlari boʻyicha — 23 yoshdan kichik va 40 yoshdan katta boʻlgan, shuningdek, ilgari oʻxshash mutaxassislik boʻyicha xorijda magistraturada tahsil olganlar;
    – doktorantura dasturlari boʻyicha — 25 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta boʻlgan, shuningdek, avval PhD yoki fan doktori ilmiy darajasini olganlar;
    – malaka oshirish va stajirovka oʻtash dasturlari boʻyicha — 25 yoshdan kichik va 50 yoshdan katta boʻlgan, shuningdek, Jamgʻarma dasturlaridan biri asosida soʻnggi uch yil mobaynida xorijda taʼlim olganlar

Hujjat topshirish jarayoni: Hujjat topshirish jarayoni 3 yoki 4 bosqichda amalga oshiriladi. Bunda nomzodlar dastlab kerakli hujjatlarni onlayn tearzda topshiradi (1), soʻng til boʻyicha imtihon boʻladi (2), keyin mutaxassisilik boʻyicha imtihondan oʻtiladi (3) va xorijiy tilni bilish darajasini isbotlovchi xalqaro imtihonlar topshiriladi (IELTS). IELTS sertifikatiga ega boʻlganlar til bilan boʻgʻliq bosqichlardan (2 va 4-bosqich) ozod etiladi.

1-bosqich, yaʼni hujjatlarni onlayn tarzda topshirish 2019-yilning 20-martigacha davom etadi. Ushbu muddatgacha topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati bilan SHU YERDA tanishing.

Eslatib oʻtamiz, dunyoning TOP 500 taligiga yoki tanlangan fan yoʻnalishi boʻyicha dunyoning kuchli 200 taligiga kiruvchi oliygohlardan biriga qabul qilinganlik haqidagi hujjatni 20-martgacha emas, keyinchalik topshirsa ham boʻladi.

Kerakli hujjatlar onlayn platforma orqali topshiriladi. Hujjatlarni SHU YERDA topshirishingiz mumkin. 

Eslatma: Hujjatlar tarkibi murakkab emas va ularni tayyorlab, onlayn tarzda topshirish uchun 2-3 kun bemalol yetadi.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan +99871 203 00 52 yoki +99871 203 00 47 telefon raqamiga murojaat qilishingiz yoki Jamg;armaga shaxsan tashrif buyurishingiz mumkin.

Jamgʻarma manzili: Oʻzbekistan, Toshkent, Amir Temur k. 13 uy

Manba: eyuf.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!