×

Fransiya elchixonasi, Campus France va “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan barcha bosqichlar uchun ochiq stipendiya tanlovlari; joy – 50 ta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4576 marta

CHOP ETILGAN

17.03.2022

Fransiya elchixonasi, Campus France va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻrtasidagi qoʻshma grantlarni moliyalashtirish uchun 50 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qilindi.

Ushbu grantlar quyidagi sohalar boʻyicha bakalavriat, magistratura va doktorntura bosqichida tahsil olish uchun ajratiladi:

  • Neft va gaz, elektr energiyasi, qayta tiklanadigan energiya, geologiya va konchilik;
  • Yadro muhandisligi, elektrotexnika, aerokosmik muhandislik va fuqaro aviatsiyasi;
  • Avtomobilsozlik;
  • Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt;
  • Suv va ekologiya muhandisligi, agronomiya;
  • Gumanitar fanlar, chet tillari;
  • Madaniyat, turizm va sport, kinematografiya, madaniy meros va muzeyshunoslik, moda;
  • Arxitektura va dizayn;
  • Iqtisodiyot va menejment, huquq, jurnalistika, davlat boshqaruvi;
  • Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika.

Ushbu grantlar 2022-2023 oʻquv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

  • bakalavriat taʼlim dasturi uchun 10 ta,
  • magistratura taʼlim dasturi uchun 30 ta,
  • doktorantura taʼlim dasturi uchun 10 ta stipendiya ajratiladi.

Hujjat qabul qilinishi va keyingi bosqichlar haqida maʼlumot:

* Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining onlayn platformasi orqali elektron shaklda topshiriladi. Hujjatlar 2022-yilning 15-martdan 15-mayga qadar davom etadi.

* Nomzodlarning oʻzbek, fransuz va ingliz tillarini bilish darajasini baholash “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Campus France ning tegishli mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli xorijiy tillarni bilish darajasi CEFR B2.

* Grant sohiblarini tanlashda ikki asosiy yoʻnalish boʻyicha joriy yilning may-inyun oylarida suhbat oʻtkaziladi: motivatsiya va mutaxassislik boʻyicha bilim darajasi.

* Oʻqish joriy yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admissionfrance.eyuf.uz

Eslatib oʻtamiz, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasini qoʻlga kiritgan nomzodlarning xorijda tahsil olishi uchun quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  • Oʻqish qiynati toʻlovi (tuition fee).
  • Vizalar olish xarajatlari.
  • Yiliga bir marta tahsil olinadigan davlatga borish va qaytish uchun trasnport xarajatlari.
  • Yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari.
  • Zarur oʼquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat taʼlim olayotgan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni koʼchirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna boʼlish toʻlovlari.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari.
  • Taʼlim olish bilanbogʻliq boshqa xarajatlar.

Ushbu stipendiya boʻyicha savollar yuzasidan telegram orqali @Eyuf_Admission_Bot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!