Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining oliy taʼlim tizimi uchun eʼlon qilingan 2019-yilgi stipendiya tanlovining yakuniy natijalari jamgʻarmaning rasmiy saytiga joylashtirildi.
Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha saralab olinganlar soni quyidagicha:
- Xorijda malaka oshirish dasturi uchun – 309 nafar;
- Xorijda stajirovka oʻtash uchun – 126 nafar;
- Xorijda magistraturada oʻqish uchun – 17 nafar;
- Xorijda moktoranturada oʻqish uchun – 65 nafar nomzodga stipendiya ajratiladigan boʻldi.
Xalqaro til sertifikati mavjud boʻlmagan gʻoliblar (28 nafar) 2019-yilning 1-iyuliga qadar til sertifikatlarini topshirishi lozim.
Gʻoliblar roʻyxati bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.