×

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2019-yilgi stipendiya tanlovining yakuniy natijalari eʼlon qilindi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2046 marta

CHOP ETILGAN

09.05.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining oliy taʼlim tizimi uchun eʼlon qilingan 2019-yilgi stipendiya tanlovining yakuniy natijalari jamgʻarmaning rasmiy saytiga joylashtirildi.

Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha saralab olinganlar soni quyidagicha:

  • Xorijda malaka oshirish dasturi uchun – 309 nafar;
  • Xorijda stajirovka oʻtash uchun – 126 nafar;
  • Xorijda magistraturada oʻqish uchun – 17 nafar;
  • Xorijda moktoranturada oʻqish uchun – 65 nafar nomzodga stipendiya ajratiladigan boʻldi.

Xalqaro til sertifikati mavjud boʻlmagan gʻoliblar (28 nafar) 2019-yilning 1-iyuliga qadar til sertifikatlarini topshirishi lozim.

Gʻoliblar roʻyxati bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!