×

Xorijda magistratura, doktoranturada oʻqish va stajirovka oʻtashni istaganlar uchun “El-yurt umidi” Jamgʻarmasi stipendiyasi; joy – 4000 ta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

8424 marta

CHOP ETILGAN

07.01.2019

2019-yilning 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Maqsadi:

Qarorning maqsadi xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va boshqa tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovka oʻtash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini samarali tashkil etish, yurtdoshlarimizga xorijda oʻqish imkonini yaratishdan iborat.

Kimlar uchun?

Prezident qaroriga koʻra Jamgʻarma stipendiyasi:

  • taʼlim;
  • fan va ilmiy tadqiqotlar;
  • sogʻliqni saylash;
  • davlat boshqaruvi;
  • iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari sohalari boʻyicha xorijda magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun ajratiladi.

Shuningdek, hozirda ishlab turgan shaxslar ham ushbu Jamg’arma hisobidan xorijda malaka oshirishi, stajirovka o’tashi, tadqiqot olib borishi va turli grantda qatnashishi mumkin bo’ladi.

Qanday imtiyozlar bor?

2019-2021 yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha 4 000 ta mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularning 20%i magistratura va doktoranturada oʻqishadi.

Shuningdek, Jamgʻarma oʻz ixtiyori va tashabbusiga koʻra, jahonning eng nufuzli 500 ta universiteti yoki tanlangan mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi 200 taligiga kirgan universitetlariga oʻqishga kirgan magistr va doktorantlariga stipendiya ajratishni ham koʻzda tutadi.

Jamgʻarma mablagʻlari holatidan kelib chiqqan holda yurtimiz va xorij universitetlari bilan hamkorlikda olib borilishi moʻljallangan grantlar, ilmiy tadqiqotlar, shu bilan birga, chet tillarini oʻrganish dasturlarida oʻqiydigan nomzodlarning murojaatlarini ham koʻrib chiqishi mumkin.

*2019-yilda xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va boshqa tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovka oʻtash uchun Jamgʻarma 3 million AQSH dollari mablagʻ ajratgan.

Nomzodlarni saralash

Nomzodlar akademik yutuqlari, tanlagan sohasining Jamgʻarma stipendiyasi yoʻnalishlariga mosligi, chet tilini bilish darajasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga tayyorligi va/yoki tajribaga egaligi, Oʻzbekistonni rivojlantirishga hissa qoʻshishga ishtiyoqi va ilmiy salohiyati kabi mezonlarga asosan saralanadi.

Hujjat topshirish jarayoni

a) vazirliklar va idoralar har yili 1-avgustga qadar:

  • Jamgʻarma dasturlari boʻyicha xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga buyurtmalar portfelini shakllantiradi;
  • kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha takliflarni Jamgʻarmaga kiritadi, shuningdek, eng yaxshi tayyorlangan nomzodlarni Jamgʻarmaning tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi;

b) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi:

  • Jamgʻarma stipendiyalarini olish uchun yoʻnalishlar boʻyicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yuzasidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor mutaxassisliklarini tasdiqlaydi;
  • nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning tegishli darajasi va sifatini taʼminlash maqsadida tanlov yoʻnalishlari boʻyicha ajratilgan oʻrinlarni qayta taqsimlash boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

*Jamgʻarma Kengashi saralash tartibi va jarayoni boʻyicha talablarni tasdiqlab beradi. Talablar hali ishlab chiqilmagan. Dedlayn muddati koʻrsatilmagan. Hujjatlar tarkibi aniq emas. Batafsil: SHU YERDA.

Tayyorlov kurslari

Prezident qaroriga muvofiq, 2019-yilning 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma bilan hamkorlikda xorijga oʻqishga yuboriladigan nomzodlar uchun (ayniqsa, viloyatlarda) maxsus chet tilini oʻqitish dasturlarini ishlab chiqadilar.

2019-yilning 1-aprelidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini oʻqitishning maqsadli kurslari tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Demak, nomzodlar chet elga oʻqishga borishdan oldin til bilish darajasini oshirish imkoniga ega boʻladilar.

*Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Prezident Qarori bilan toʻliq tanishish: SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!