×

Endi Britaniya Kengashida IELTS imtihonini kompyuter orqali topshirish mumkin!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

8155 marta

CHOP ETILGAN

09.04.2019

Endilikdan Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan tashkillashtiriladigan IELTS imtihonlarini kompyuter orqali topshirish mumkin boʻldi.

Kompyuter orqali Academic IELTS imtihonini ham, General Training IELTS imtihonini ham topshirish mumkin.

Kompyuter orqali imtihon topshirish jarayoni qanday boʻladi?

Bunda IELTS imtihonining Reading, Listening va Writing qismi kompyuterda amalga oshiriladi. Reading boʻlimidada javoblar kompyuterda harf terish orqali kiritiladi. Writing boʻlimida ham insholar (Essay) kompyuterda yoziladi. Listening boʻlimi esa quloqchinlar (наушники) yordamida eshitish orqali amalga oshiriladi. Speaking boʻlimi esa doimgidek yuzma-yuz suhbat asosida olinadi. Chunki gapirish mahoratini bahlashning eng samarali yoʻli yuzma-yuz suhbatdir.

Imtihon kompyuter orqali olinsa ham, qogʻozda olinsa ham, barcha xusisiyatlar bir xilligicha qoladi. Jumladan:

  • Mazmun
  • Test boʻlimlari uchun muddat
  • Savol turlari
  • Baholash
  • Speaking imtihoni
  • Test Report Form
  • Natijalarni tasdiqlash va boshqalar hammasi bir xil.

Kompyuter orqali IELTS imtihonini topshirish quyidagi ijobiy jihatlarga ega:

  • Tanlash uchun koʻproq imithon sanalari mavjud.
  • Koʻproq imtihon oʻtkazish joylari boʻladi.
  • Nisbatan moslashuvchan vaqt.
  • Imtihon natijalari 5-7 kun ichida maʼlum boʻladi.

Kompyuter orqali topshiriladigan imtihon sanalarini SHU YERDA tanlashingiz mumkin.

Qogʻoz shaklida (paper-based) olinadigan IELTS imtihoni haqida SHU YERDA tanishing.

Kompyuter orqali topshiriladigan IELTS imtihoni haqida batafsil maʼlumot.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!