×

Endi nostrifikatsiyalash uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4679 marta

CHOP ETILGAN

01.03.2018

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan «Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish» interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda inspeksiyaning rasmiy saytida xabar berildi.

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasi bitirganlik to‘g‘risida diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Onlayn-servis xorijiy diplomni nostrifikatsiyalashdan o‘tkazishda Davlat inspeksiyasiga tashrif buyurish sonini qisqartirish imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun havola bo‘yicha o‘tib, buyurtmanomani to‘ldirish zarur.

Buyurtmanoma ko‘rib chiqilgandan keyin inspeksiya xodimlari talabgorni suhbatga yoki imtihonlar topshirishga taklif etishadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, kelgusida idora nostrifikatsiya imtixonlarni viloyatlarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Manba: Xabar.uz

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!