×

English for Journalists: AQSh universitetidan jurnalistlar va jurnalistika talabalari uchun ingliz tili kursi!


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

1944 marta

CHOP ETILGAN

07.02.2021

Kurs haqida umumiy ma’lumot

Rasmiy sayt

Kursga tanishtiruv videosi

AQShning eng nufuzli universitetlaridan biri sanalgan University of California Berkeley universiteti va shu universitetning mahoratli o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan English for Journalists (Parts 1, 2) kursi EdX onlayn platformasidagi eng yaxshi kurslardan biri hisoblanadi. Kurs jurnalistika haqida bilimlarini mustahkamlash va ingliz tilidan bilimlarini oshirish niyatidagi jurnalistlar va oliy ta’lim muassasalarida jurnalistika yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Kurs bir nechta qismdan iborat, o’qish birinchi qismdan (part 1) boshlanishi kerak. Ingliz tili kursi 5 hafta davom etadi va o’quvchi har hafta o’rtacha taxminan 3-4 soat o’qishi kerak bo’ladi.

Kurs turli xil mavzularni qamrab olgan, jumladan:

  • The job of the journalist
  • Ethics in journalism
  • Inclusive journalism
  • Local vs. Global journalism
  • Citizen journalism.

Kurs davomida o’quvchilar jurnalistikanng umumiy mavzulari, jurnalistlik etikasi, zamonaviy masalalari, jurnalist bilishi zarur bilimlar, ingliz tilining jurnalistlar uchun zaruriy mavzulari, grammatika, lug’at va stilistikasi kabilar bilan tanishadilar. Darslar Berkeley universiteti o’qituvchisi Maggie Sokolik tomonidan o’tilgan va video ko’rinishadi yozib olingan. O’qish vaqtida sinov topshiriqlari va imtihon mavjud.

Kurs kimlar uchun?

Ingliz tilini o’rta (intermediate) darajada biladigan jurnalistlar va jurnalistika talabalari kursda qatnashishlari mumkin. Umuman olganda, kursda jurnalistikaga qiziqadigan va ingliz tilini tushunadigan istalgan shaxs o’qishi mumkin. Kursga yozilishda tekshiruv sinovlari mavjud emas.

Moliyaviy masalalar

Kursda o’qish bepul. Xohlovchilar kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqida Berkeley universiteti tomonidan beriladigan rasmiy sertifikat olishlari mumkin. Sertifikat uchun 99 AQSh dollari to’lash zarur. Bepul o’qigan o’quvchilarga sertifikat berilmaydi.

Kursga yozilish

Kursga ro’yxatdan o’tish, o’qish, sertifikatga ariza berish, to’lov qilish, sertifikat olish va boshqa barcha jarayonlar onlayn bo’ladi.

Kursga istalgan vaqtda bu yerda yozilish mumkin. Kursga yozilishdan avval ro’yxatdan o’tiladi. Kursni boshlagach, topshiriqlar istalgan vaqtda bajarilishi mumkin.

Kurs haqida ma’lumot uchun bu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!