×

English for Science: Oʻzbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun bepul akademik ingliz tilida dasturi


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

6225 marta

CHOP ETILGAN

13.06.2024

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Oʻzbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun

Ariza topshirishning oxirgi sanasa: 2024-yil 10-iyul

Asosiy maʼlumot

Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy koʻmagi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul onlayn “English for Science 2024” oʻquv dasturining 1-bosqich tanlovlari boshlandi.  Ushbu dasturda qatnashish uchun saralab olinganlar dastur mashgʻulotlarida mutlaqo bepul ishtirok etadilar.

Loyihaning asosiy maqsad va mohiyati tadqiqotchi olimlarning akademik ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalarini tayyorlashlarida amaliy yordam berishdan iboratdir.

O‘quv dasturida qatnashish uchun qo‘yiladigan talablar:

  • Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • Ingliz tilini B1 darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi;
  • Ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalariga ega bo‘lishi;

Ishtirokchilar onlayn platformada mustaqil ta’lim hamda mentorlar bilan ZOOM orqali workshop va master-class shaklda ta’lim olishadi.

Dastur mentorlari qatorida barcha fan sohalari bo‘yicha AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya, mamlakatlarida tahsil olgan yuqori tajribaga ega mutaxassislar (PhD, DSc) ishtirok etishadi.

Ariza topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar 2024-yilning 10-iyul sanasiga qadar quyida keltirilgan havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Roʻyxatdan oʻtish uchun BU YERDAGI arizani toʻldirib, topshirish lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 93 322 56 89
englishforscience@gmail.com

Taklif va e’tirozlar uchun:
+998 90 942 61 31
munis@wbgrants.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!