×

ERASMUS+ DASTURI: grantlar, qabul va hujjat topshirish haqida batafsil


Blog

BO'LIM

O'QILGAN

20651 marta

CHOP ETILGAN

12.07.2019

Qanday ishtirok etish mumkin va hujjatlar tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish lozim?  

Erasmus+ bu ta’lim, professional ta’limni rivojlantirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha Yevropa Ittifoqining dasturidir. Ushbu dastur yuqorida keltirilgan sohalar bo’yicha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va hamkor-davlatlar  bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida moliyalashtiriladi.

Erasmus+ dasturi (2014-2020) Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar turli sohalarda, ayniqsa oliy ta’lim sohasida keng va chegaralanmagan  hamkorlikning ahamiyatliligi bilan ajralib turadi.  Ushbu dastur Yevropa Ittifoqining oliy ta’limga oid Tempus va Erasmus Mundus dasturlarining tajribasi va muvaffaqiyatiga tayanadi.

Dastur talabalar, ilmiy xodim va o’qituvchilar o’zaro almashinuvi hamda oliy ta’lim muassasalari uchun bir qator imkoniyatlarni taklif etadi.

Erasmus+ dasturida ishtirok etuvchi davlatlar 2 guruhga bo’linadi:

Dasturda I. Oliy ta’lim muassasa (OTM) va II. Individual ishtirokchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

  1. O’zbekiston OTMlari uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari mavjud:
  • Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education)
  • Xalqaro kredit mobilligi (International Credit Mobility)
  • Erasmus Mundus Qo’shma magistrlik darajalari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees (JMP)
  • Jean Monnet) dasturi
  1. Individual ishtirokchilar uchun dastur to’liq grant va stipendiyalar taqdim qiladi:
  2. Xalqaro kredit mobilligi/ International Credit Mobility (ICM) – Yevropa va O’zbekiston universitetlari o’rtasidagi ikki tomonlama qisqa muddatli almashinuv loyihalari

ICM loyihalari doirasida OTM talabalari va professor o’qituvchilari uchun Yevropa universitetlarida qisqa muddat o’qib yoki malaka oshirib kelish imkoniyati mavjud. Bunda barcha xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi: safar xarajatlari, sug’urta, viza va ta’lim uchun to’lov summalari.

Talabalar va doktorantlar 3 oydan 12 oygacha bo’lgan muddatda dasturiy davlatda (Yevropada) o’qib kelishlari mumkin. Xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi va 800-900 yevro oylik stipendiyalar beriladi. Mobillik tugagandan so’ng ishtirokchilar o’z OTMga qaytib o’qishlarini davom ettiradilar.

OTM professor o’qituvchilari 5 kundan 2 oygacha Yevropa universitetlarida dars berishlari yoki malaka oshirishlari (treninglarda ishtirok etishlari) mumkin. Bunda ishtirokchilarga 140-180 yevro kunlik to’lov ko’zda tutilgan.

Qayd etib o’tish joizki, 2018-yildan boshlab ICM loyihalari doirasida amaliyot o’tash imkoniyati ham paydo bo’ldi.

ICM loyihasida qanday qilib ishtirok etish mumkin?

→ Erasmus+ dasturining boshqa yo’nalishlari bilan bir qatorda ICM  bo’yicha ham har yili oktyabr oyida universitetlar uchun tanlov e’lon qilinadi. OTM o’qituvchilari o’z OTM nomidan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

→ Avgust oyida moliyalashtirsh uchun tanlab olingan loyihalar natijalari e’lon qilinadi va oktyabr oyida loyihalar amalga oshirilishi boshlanadi.

→ Loyiha doirasida O’zbekiston va Yevropa universitetlari o’rtasida ikki tomonlama shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma asosida 24 yoki 36 oy davomida o’zaro talabalar va o’qituvchilar mobilligi amalga oshiriladi.

→ Mobillik ishtirokchilari uchun universitet ichida tanlov e’lon qilinadi va salohiyatli nomzodlar saralandi.

→ Mobillikda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar o’zlari tahsil olayotgan OTMning Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilib, ulardan to’liq ma’lumot olishlari mumkin.

  1. Erasmus Mundus Qo’shma magistrlik darajalari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees -EMJMD)5-2 yillik to’liq magistratura dasturlari

EMJMD – bu xalqaro OTMlar konsortsiumi tomonidan taqdim qilinadigan yuqori darajada integratsiyalangan xalqaro magistratura dasturidir. Dastur doirasida kamida 1 ta mobillik amalga oshiriladi, ya’ni talaba kamida 2 ta dasturiy davlatda ta’lim oladi va o’qishni muvaffaqiyatli yakunlagandan so’ng qo’shma daraja diplomi bilan taqdirlanadi.

EMJMD stipendiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Safar xarajatlari (har akademik yil uchun 1000-3000 yevro)
  • Ilk tashrif vaqtidagi bir martalik to’lov (moslashish va joylashish uchun) (1000 yevro – faqat hamkor davlatlardan kelgan talabalar uchun)
  • Oylik stipendiya (1000 yevro)
  • Ta’lim to’lov summalari qoplanadi
  • Tibbiy sug’urta

EMJMDda qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Ushbu yo’nalish doirasida amalga oshirilayotgan 100 dan ziyod loyiha deyarli barcha sohalar bo’yicha magistratura dasturlarini taqdim qiladi. Loyihalar ro’yxati ushbu sahifada mavjud .

Siz ro’yxatdagi loyihalardan ko’pi bilan 3 tasiga hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Har yili oktyabr oyida barcha loyihalar bo’yicha tanlov e’lon qilinadi va hujjatlar topshirish muddati har bir loyihada turlicha bo’ladi (odatda dekabr-fevral oylari oralig’ida). Barcha zarur hujjatlar har bir loyihaning veb-sayti orqali on-line tarzda topshiriladi.

Asosiy talab qilinadigan hujjatlar:

  • To’ldirilgan talabnoma shakli
  • Bakalavr diplomi/ so’nggi yil bitiruvchisi uchun reyting daftarchasi nusxasi
  • 2-3 ta tavsiyanoma
  • Motivatsiya xati
  • Til bo’yicha sertifikat (IELTS/TOEFL)

Hujjatlar topshirishda maslahatlar:

  • O’zingizga mos dasturni (programma) tanlash
  • Har bir loyiha veb-saytiga kirib, diqqat bilan o’rganib chiqing
  • Tez-tez berib turiladigan savollar (FAQ) qismini diqqat bilan o’rganib chiqing
  • Savollar tug’ilgan taqdirda veb-saytda berilgan (elektron) manzilga savollaringizni yozishdan uyalmang
  • Motivatsiya xati – 50% muvaffaqiyat
  • Internetdagi tayyor jumlalarni ko’chirmang
  • Dastur veb-saytidan talabalardan nima talab qilinayotganini o’rganib chiqing: talablaradan qanday malaka, sifatlar kutilmoqda

Tavsiya qilinadi:

  • Kelajakni ko’zlagan holda ijobiy yondashuvda bo’ling
  • Nima uchun Erasmus+ dasturini tanlaganingizni batafsil yoritib bering
  • Tanlangan magistratura dasturi qaysi taraflama sizga mos kelishini ko’rsating
  • Dasturga mos keluvchi avvalgi erishgan yutuqlaringizni ko’rsating
  • O’zingizning kuchli taraflaringizni ko’rsating: shaxsiy qobiliyatlaringiz va avvalgi ta’lim va ijtimoiy jamoat ishlarida erishgan tajribalaringiz
  • Sizni boshqalardan farqlovchi jihatlaringizni ko’rsating

Tavsiya qilinmaydi:

  • Barcha magistratura dasturlariga bitta motivatsiya xatini yubormang
  • Yolg’on ma’lumotlardan foydalanmang
  • Fikrlaringiz mujmal bo’lmasligiga e’tibor bering
  • Juda ham uzun xat yozmang (odatda 1 bet yetarli bo’ladi)
  • Murakkab gap tuzilmalari yoki jumlalardan foydalanmang

 

  • Tavsiyanomalar (Rekomendatsiya xatlari)
  • Umumiy tavsiyanoma xatlarini olmang – xat aynan siz haqingizda yozilgan bo’lishi lozim
  • Tavsiyanoma beruvchi shaxs sizni kamida 1 yildan ortiq biladigan va sizni turli tarafdan ta’riflab bera oladigan shaxs bo’lishi tavsiya qilinadi
  • Ular sizning, o’qituvchingiz, ilmiy rahbaringiz, ish beruvchingiz, sport murabbiyingiz, dastur koordinatori va boshqalar bo’lishi mumkin

 

  • Resume (Europass CV)
  • Dastur Europass CV shaklidan foyalanishni talab qiladi
  • Tavsiya etilgan shrift va tartibdan foydalaning
  • Muhim ma’lumotlarga e’tibor bering – 2 A4 formatidagi sahifa kifoya
  • Resume aniq va mantiqiy bo’lishi zarur
  • Volontyorlik faoliyatida ishtirok etgan bo’lsangiz, ularni albatta ko’rsating
  • Qisqa va tushunarli yozishga harakat qiling
  • Muayyan misollar keltiring
  • Yolg’on va bo’rttirilgan ma’lumotlardan foydalanmang
  • Darsdan tashqari mashg’ulotlarni ko’rsatish muhim hisoblanadi!

 

  • Intervyu/Suhbat
  • Email manzilingiz va skype profilingizni professional hamda asil ismi-sharifingizga muvofiq holda yarating. Ya’ni blackstar@mail.ru kabi elektron pochta manzillaridan foydalanmang. Aliev@gmail.com kabi nomlar ostida email oching.

O’zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi Erasmus+ dasturida ishtirok etish istagidagi barcha shaxslarga ma’lumot va zaruriy ko’rsatmalar berishda asosiy axborot markazi hisoblanadi.

Individual ishtirokchilar har seshanba kunlari soat 14.00-16.00 oralig’ida “Ochiq Soatlar- Open Hours” vaqtida ma’lumot va tavsiyalar olishga ofisga tashrif buyurishlari mumkin (manzil veb- saytda berilgan).

Dasturning Facebookdagi sahifasi va Telegram kanali orqali talabalar dastur doirasidagi so’nggi yangiliklardan va hujjatlar topshirish muddati haqida o’z vaqtida xabardor bo’lishlari mumkin. Shuningdek, Facebookdagi “Erasmus+ Student Network in Uzbekistan” Erasmus talabalari ochiq guruhida ayni kunda dastur doirasida o’qiyotgan talabalar va bitiruvchilar bilan muloqot qilishingiz va tajribali talabalardan tavsiyalar olishingiz mumkin.

National Erasmus+ Office in Uzbekistan

Veb-sayt: erasmusplus.uz

Facebookdagi sahifa: facebook.com/erasmusplusuz

Facebookdagi ochiq guruh: facebook.com/groups/741600542700174/

Telegram kanal: https://t.me/erasmus_uzb

E-mail: neo@erasmusplus.uz

Tel. +(998) – 71 238 99 21 / 238 99 18

Fax: +(998) – 71 238 58 99

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!