×

Erasmus VS Boredom Contest: gʻoliblar turli sovgʻalar bilan taqdirlanadi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1717 marta

CHOP ETILGAN

13.04.2020

Qayerda: Dunyo boʻylab

Kim uchun: ACTIVE ESNcard egalari boʻlgan volontyorlar, talabalar uchun

Ariza topshirish muddati: 2020-yil 19-aprel

Rasmiy havola:  shu yerda.

Asosiy ma’lumot: ERASMUS jamgʻarmasi ESNcard aktiv kartalari egalari boʻlgan volontyorlar, talabalar uchun “Erasmus VS boredom” kreativ video gʻoyalar tanlovi oʻtkazilishini eʼlon qiladi. Bunda hozirgi karantin davrida, uydan chiqmay turib biror ajoyib gʻoyani suratga olib yoki videoga yozib, taqdim etish kerak.

Manfaatli jihatlari: 

“Erasmus vs boredom” tanlovida ishtirokchilarga mukofot jamgʻarmasi 500 yevro boʻlgan quyidagi sovgʻalar beriladi:

  • Wonderboom 2 Bluetooth speaker
  • Perlego subscription for 12 months
  • Grammarly premium account for 12 months
  • Revolut Metal account for 12 months
  • Eurosender shipping voucher

Nomzodlarga qoʻyiladigan asosiy talablar: 

Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan ESNcard aktiv kartalari egalari boʻlgan volontyorlar, talabalar oʻz foto va video loyihalari bilan qatnashishlari mumkin.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Foto va videolarni 2020-yil 19-aprelgacha boredom@esn.org elektron manziliga joʻnating. Tanlov shartlari toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan oling!

Manba: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!