×

Oʻzbekiston: esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlari tanlovi; mukofot – noutbuk, planshet, smartfon!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1461 marta

CHOP ETILGAN

02.03.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Mustaqillikning 30 yilligi” hamda “Xalqlar doʻstligi” kuni mavzulariga bagʻishlangan esdalik tangalari va suvenir toʻplamlari dizaynlariga tanlov eʼlon qildi

Takliflar joriy yilning 1-apreligacha qabul qilinadi.

Tanlov quyidagi shartlar va baholash asosida oʻtkaziladi:

  • dizayn “Mustaqillikning 30 yilligi” (erishilgan yutuqlar va boshqalar ifodalangan boʻlishi) yoki “Xalqlar doʻstligi” mavzularidan birini qamrab olgan boʻlishi;
  • dizayn muallif tomonidan chizilgan boʻlishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi;
  • dizayn tanga yoki suvenir toʻplamlarning avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) koʻrinishlaridan iborat boʻlishi;
  • dizayn doira ichiga qalamda chizib (A4 formatda) yoki kompyuter grafikasidan (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) foydalanib tayyorlanishi va tasvirlangan har bir element aniq koʻrinishi lozim.

Ishlab chiqilgan dizaynlar muallifning aniq ismi, familiyasi, adresi, telefon raqami va elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda b.rakhmatkhujaev@cbu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (📍100001, Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi, 6) taqdim etilishi soʻraladi.

Taqdim etilgan dizaynlar Markaziy bankning ishchi guruhi (rassom, dizayner va boshqalar) tomonidan koʻrib chiqiladi va tanlov yakuni boʻyicha qaror qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari joriy yilning 15-aprel kuni maʼlum qilinadi hamda ularga noutbuk (Apple Macbook Pro), planshet (Apple iPad Pro), smartfon (Apple iPhone 12 Pro) va boshqa qimmatbaho sovrinlar ajratiladi. Gʻoliblarga sovrinlarni topshirish individual tarzda amalga oshiriladi.

Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun (71) 232-12-59 va (71) 236-76-45 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!