×

F-1 talaba vizasini ololmaslikning 10 ta sababi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2475 marta

CHOP ETILGAN

14.07.2015

Yaxshi bilamizki, AQShda o’qish istagiga ega bo’lgan hamma ham bu niyatiga yeta olmaydi. Chunki AQShda o’qish huquqini beruvchi F-1 talaba vizasini olish oson emas. Ayniqsa, O’zbekistondan AQShga F-1 vizasini olish yildan yilga qiyinlashib borayotgani haqida ko’p eshityapmiz.

«AQShda o’qish uchun beriladigan viza turlari va ularni qo’lga kiritish yo’llari» hamda AQSh elchixonasi xodimi: Viza uchun bo’ladigan suhbatdan biz nima kutamiz? nomli maqolalarimiz saytimizga qo’yilgandan beri AQSh elchixonasida viza olish haqida bizga ko’p savollar kela boshladi. Navbatdagi blogpostimizda F-1 vizasini ololmaslikning eng asosiy 10 ta sababi haqida hikoya qilamiz.

Talaba vizasini ololmaslikning asosiy sabablari nima? Odatda, qanday sabablar AQSh elchixonasi tomonidan F-1 vizasi uchun topshirilgan anketaning rad qilinishiga sabab bo’ladi?

“Baxtli maktablar blogi” (Happy Schools Blog) yaqinda shu haqda yozibdi. Unda talaba vizasini ololmagan 100 dan ortiq inson bilan qilingan suhbat asosida AQShdagi universitetlarga F-1 vizasini ololmaslikning eng ko’p uchraydigan 10 sababi haqida hikoya qilingan. Ushbu sabablarni quyida bittama bitta sanab o’tsak:

1. Ingliz tilini yaxshi bilmaslik;
2. GRE balining pastligi;
3. TOEFL/IELTS balining pastligi;
4. Akademik ko’rsatkichlarning pastligi;
5. Ayrim kurs va imtihonlardan yiqilganlik;
6. TOEFL bali yuqori bo’laturib GRE balining pastligi (TOEFL bali soxta bo’lishi mumkin);
7. Suhbatda savollarga to’liq javob bermaslik;
8. Soxta hujjatlar (moliyaviy va bank qog’ozlari, baholar, diplom va ballarning soxtalashtirilishi);
9. O’ziga ishonchsizlik;
10. Suhbatda aldashga harakat qilish.

Demak, viza ololmaslikning asosiy sababi ingliz tilini yaxshi bilmaslik ekan. Bu til o’rganish uchun ketayotgan talabalarga taalluqli emas. Chunki ular hali TOEFL yoki IELTS topshirmagan bo’ladi. Bunday talabalar keyingi sabablarga e’tibor qaratishi kerak.

Xullas, ingliz tili ko’rsatkichlaringiz juda yaxshi bo’lsa va o’qish ahdida qat’iy ekaningizni ko’rsata olsangiz, viza olish imkoniyatingiz yuqori bo’ladi.

Albatta, O’zbekistonda ham F-1 vizasini ololmaslikning asosiy sabablari faqat shular yoki shu tartibda bo’ladi, deb aytish to’g’ri emas. Turli davlatlarda vaziyat turlicha bo’lishi mumkin.

Siz nima deb o’ylaysiz? O’zbekistonda ushbu sabablarning qaysi biri ko’proq vizaning bekor qilinishiga sabab bo’ladi? Yoki bizning yurtimizda AQShga talaba vizasini ololmaslikning yana qanday sabablari bor, deb o’ylaysiz.

O’z boshingizdan o’tgan bo’lsa yoki biror do’stingiz, tanishingiz tajribasida shu narsa ko’rilgan bo’lsa, bu haqda o’z fikr-mulohazalaringizni bildirasiz, deb umid qilamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!