×

FAO Uzbekistan tanlovida ishtirok eting hamda noutbuk, planshet yoki smartfon yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4229 marta

CHOP ETILGAN

02.09.2020

FAO O’zbekiston «Asalarichilik sanoatining eng yaxshi yoritilishi» mavzusida tanlov e’lon qildi.

FAOning O’zbekistondagi vakolatxonasi Veterinariya tibbiyoti va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda «Asalarichilik sanoatining eng yaxshi yoritilishi» mavzusida tanlov e’lon qildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

  • Eng yaxshi fotosurat
  • Eng yaxshi televizion reportaj
  • OAVdagi eng yaxshi maqola
  • Eng yaxshi bolalar rasmlari

Ishtirok etadigan ishlar asalarichilik, asalarilar, asalarichilar, asalarichilik sanoatining milliy iqtisodiyotga qo’shadigan hissasiga bag’ishlangan bo’lishi kerak. Hosildorlikni oshirish maqsadida qishloq xo’jaligi o’simliklarini asalarilar tomonidan changlatnishi – ustuvor mavzudir.

Tanlovning hakamlar hay’ati har bir nominatsiya bo’yicha uchta eng yaxshi asarni tanlaydi. Har bir nominatsiya bo’yicha 1-3-o’rin sohiblari quyidagicha mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o’rin – noutbuk;
  • 2-o’rin – planshet;
  • 3-o’rin – smartfon.

G’oliblarni taqdirlash marosimi 2020 yil 1-10-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Asal bayramida o’tkaziladi.

Tanlov qoidalari:

Tanlovda boshlang’ich mutaxassislardan tortib to mutaxassislar, fotosuratchilar va jurnalistlargacha har qanday tajribaga ega bo’lgan O’zbekiston rezidentlari ishtirok etishi mumkin. «Eng yaxshi bolalar rasmlari» tanlovida 18 yoshgacha bo’lgan bolalar ishtirok etadi.

Maqolalar, reportajlar, rasm va fotosuratlar 2020-yilda olingan bo’lishi kerak. Har bir asarga qisqacha tavsif va olingan joyi va sanasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak, bundan tashqari «Eng yaxshi televizion reportaj» yo’nalishi uchun efirga uzatilgan sana va joy (agar iloji bo’lsa, Internetdagi havola) ko’rsatilishi zarur. «OAVdagi eng yaxshi maqola» yo’nalishi uchun ommaviy axborot vositalarining namunasi (iloji bo’lsa, Internetdagi havola) taqdim etiladi. Arizalar 2020-yilning 20-noyabrigacha qabul qilinadi.

Ishga qo’yiladigan talablar

Suratlar va rasmlar elektron pochta orqali FAO-UZ@fao.org manzilida qabul qilinadi (Mavzu: BEE 2020 fotosuratlar tanlovi).

Rasmlarning format: JPG va maksimal fayl hajmi: 5 Mb dan oshlamsligi kerak. Agar sizning fotosuratingiz tanlansa, sizdan frasmning asl nusxasini chop etish uchun yuqori sifatdagi turini jo’natish so’raladi.

Televizion reportajlar har qanday axborot vositalarida, OAVdagi maqolalarning asl nusxalari O’zbekiston asalarichilar uyushmasida (Toshkent, A.Navoiy ko’chasi, 40-uy, tel.: +998 71 202 11 24) yoki viloyat asalarichilar uyushmalarida qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!