×

Farg’ona shahridagi O’zbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti 2020-2021-o’quv yili uchun qabul boshlanganini ma’lum qiladi


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

5408 marta

CHOP ETILGAN

28.06.2020

Fargʻona shahridagi Oʻzbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil, 23-avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu universitetda taʼlim gumanitar va texnik muhandislik yoʻnalishlarda amalga oshiriladi. Universitet 2019-2020-oʻquv yilida 720 nafar talabani qabul qilgan boʻlsa, joriy oʻquv yilida bu koʻrsatgich 1040 nafarni tashkil qiladi. Taʼlim dargohi umumiy hisobda 4 ming nafar talabani qabul qilish sigʻimiga ega.

Universitetda taʼlim muddati 4 yil, yaʼni 3+1 tartibida. 3 yil Oʻzbekistonda oʻqigan talabalar toʻrtinchi yilni Koreyadagi universitetlarni birida davom ettirishlari mumkin. Universitet bu borada Koreyadagi bir qator taʼlim dargohlari bilan hamkorlik qiladi. Oʻqishni tamomlagan talabalar ikki tomonlama tan olinadigan ilmiy darajaga ega boʻladilar. Darslar Koreya taʼlim andozalari asosida, toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotda qoʻllaniladigan holda amalga oshiriladi.

Universitet 2020-2021-oʻquv yilida quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha talabalarni qabul qiladi:

  • Turizm menejmenti. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 120 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3000 AQSH dollari.
  • Maktabgacha taʼlim. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 120 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3000 AQSH dollari.
  • Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 100 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3000 AQSH dollari.
  • Koreys tili va adabiyoti. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 60 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3000 AQSH dollari.
  • Mashinasozlik muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 80 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Kelajak avtomobilsozligi muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 120 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Elektronika va elektrotexnika muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 80 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Qurilish muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 120 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Arxitektura muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 80 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Kompyuter muhandisligi va energetika. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 80 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.
  • Energetika va kimyo muhandisligi. Ushbu yoʻnalishga joriy yilda 80 nafar talaba qabul qilinadi, yillik kontrakt summasi 3200 AQSH dollari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan fikrlar asosida universitet Oʻzbekistonda ilk bor Koreya davlatining startap ekotizimining yaratilish tajribalaridan foydalangan holda biznes akselerator tashkil etilib, texnik muhandislik sohasi boʻyicha eng yaxshi Startap loyihalarni tayyorlashga yordam beradi.

Ayni paytda hujjatlar onlayn rejimida qabul qilinmoqda. Imtihonlar DTM tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Toʻliq maʼlumotlarni www.kiuf.uz va www.dtm.uz saytidan olishingiz mumkin.

Universitetning rasmiy telegram boti: @kiuf_robot

Qabul va tashkiliy ishlar boʻlimi telefon raqamlari:

+998 95 401 94 54
+998 95 401 94 55
+998 95 401 94 56

E-mail: info@kiuf.uz

Manzil: Fargʻona shahri, A.Navoiy koʻchasi

Universitet hayotidan fotolavhalar

Maqolani KIUF Turizm menejmenti talabasi Noilaxon  Karimova tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!