×

Farg’onada xalqaro konferensiya – Model III; Arizalar qabul qilish boshlandi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

5459 marta

CHOP ETILGAN

14.08.2018

Qayerda: O’zbekiston, Farg’ona

Kim uchun: 18 va undan katta yoshli talabalar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 5-sentabrigacha

Umumiy ma’lumot: Farg’ona shahrida «Model III» xalqaro konferensiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Ushbu konferensiya 2018-yilning 12-14-oktabr kunlari bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar quyidagi konferensiya 3 yo’nalishdan birini tanlashi mumkin:

  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti – bu yo’nalish bo’yicha konferenisya ingliz tilida olib boriladi va nomzodlar ingliz tilini bilishi lozim.
  2. Shanxay Hamkorlik tashkiloti – bu yo’nalish bo’yicha konferensiya rus tilida olib boriladi va nomzodlar rus tilini bilishi lozim.
  3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi – bu yo’nalish bo’yicha konferensiya o’zbek tilida olib boriladi va nomzodlar o’zbek tilini bilishi lozim.

Har bir ishtirokchi o’zi tanlagan yo’nalish bo’yicha bahs va munozaralarda ishtirok etadi hamda tanlagan sohasi bo’yicha o’z bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Iqtisodiy ta’minot: Konferensiyada qatnashish butunlay bepul. Bundan tashqari mahalliy (O’zbekistondan bo’lgan) nomzodlar 3 kunlik turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Xalqaro nomzodlar uchun xarajatlar 50% miqdorda qoplab beriladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod qaysidir OTM talabasi bo’lishi kerak;
  • Nomzod kamida 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak;
  • Istalgan davlat talabalari qatnashishi mumkin.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishi bo’yicha belgilangan tilni bilishi lozim.

Ariza topshirish jarayoni: Arizalar onlayn shaklda topshiriladi. Arizada nomzod shaxsiy ma’lumotlarini kiritish bilan birgalik berilgan ba’zi savollarga qisqa insho shaklida (250 so’zdan oshmasligi kerak) javob berishi kerak.  Arizalar 2018-yilning 5-sentabridan kechikmay topshirilishi lozim. Konferensiyaga ariza topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Qiziqtirgan savollar va qo’shimcha ma’lumot uchun +998933734554 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Konferensiyaning rasmiy telergam kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!