×

Farmatsevtika Texnik Universitetiga 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda – 40 ta grant oʻrni mavjud!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1661 marta

CHOP ETILGAN

14.06.2023

Русский ниже

Farmatsevtika Texnik Universiteti (Pharmaceutical Technical University) Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tarkibida tashkil etilgan yangi davlat universitetidir.

Universitet hozirda 3 yo‘nalishdagi oliy ta’lim dasturlariga abiturientlarni qabul qilmoqda:

  • Farmatsevtika fanlari umumta’lim kursi (Foundation in Certificate Pharmaceutical Science);
  • Biologiya fanlari umumta’lim kursi (Foundation Certificate in Biosciences)
  • Tabiiy fanlar umumta’lim kursi (International Foundation year in Sciences)

Umumta’lim bosqichidan so‘ng, talabalar Biokimyo (BSc Biochemistry), Biotibbiyot (BSc Biomedical Science) yoki Farmatsevtika (MSci Pharmacy) yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni davom ettiradilar.

O‘quv jarayonlari xalqaro malakali va ilmiy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida Britaniya oliy taʼlim standartlariga muvofiq olib boriladi. Universitet bitiruvchilari yuqorida taʼkidlangan Buyuk Britaniya universitetlari diplomlariga ega boʼlishadi.

Abituriyentlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • oʻrta ta`lim shahodatnomasi, litsey yoki kollej diplomi;
  • IELTS 5.5 yoki undan yuqori ko’rsatkichli sertifikat, yoki unga ekvivalent xalqaro sertifikatga ega bo`lishlari kerak.

Maxsus test sinovlarida yuqori bilim salohiyatini namoyon qilgan 40 nafar universitet talabasi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Arizalar 2023-ning 15-sentyabriga qadar onlayn pharmatechuni.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ilmit faol va texnologiya integratsiyalashgan oliy ta’limga olish uchun FARMATSEVTIKA TEXNIK UNIVERSITETI talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Batafsil maʼlumot uchun:
+998 99-950-80-80
+998 95-833-81-81
Telegram: t.me/ptuuz_bot
Veb-sayt: www.pharmatechuni.uz

 

Продолжается прием в Фармацевтический Технический Университет

Pharmaceutical Technical University – это новый государственный научно-технологический университет, созданный в партнерстве с University of Sunderland (UK) и De Montfort University (UK) в Узбекистане. Университет расположен в центре инновационного научно-производственного фармацевтического кластера ‘Tashkent Pharma Park’.

В этом году университет приглашает новых студентов на 3 высшие образовательные программы:

  • Foundation Certificate in Pharmaceutical Science;
  • Foundation Certificate in Biosciences;
  • International Foundation year in Sciences.

При успешном оканчании данных програм студенты продолжат обучение на в:

  • BSc in Biochemistry;
  • BSc in Biomedical Science;
  • MSci Pharmacy.

Учебный процесс ведется на английском языке в соответствии с британскими стандартами. Занятия ведутся преподавателями с международной квалификацией и научным опытом. Выпускникам Фармацевтического Технического Университета вручаются дипломы Британских университетов.

Требования для поступления:

  • аттестат о среднем образавании, диплом лицея или колледжа;
  • иметь сертификат IELTS 5.5 и выше или международный эквивалент.

40 студентов университета имеют возможность получить грант на обучение по результатам отдельных тестовых испытаний

Заявки принимаются до 15ого сентября 2023 года на сайте www.pharmatechuni.uz.

Не упустите свой шанс стать студентом ФАРМАЦЕВТИЧЕСКОГО ТЕХНИЧЕСКОГО УНИВЕРСИТЕТА – нового научно-технологического университета!

Телефон: +998 (99) 950-80-80, +998 (95) 833-81-81
Сайт: pharmatechuni.uz
Telegram-бот: @ptuuz_bot

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!