Qayerda: Oʻzbekiston, Toshkent
Kim uchun: Moda sohasi tadbirkorlari uchun
Ariza topshirish muhlati: 2022-yil 30-aprelgacha
Asosiy maʼlumot
Toshkent Fashion Inkibatori (FIT) – Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati GmbH (GIZ), “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan “Paxta sanoatida Barqaror rivojlanish va qo‘shilgan qiymatni oshirish” global dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihadir. Loyihaning birinchi pre-inkubatsiya fazasi Toshkentdagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) tomonidan amalga oshiriladi. Loyihaning maqsadi moda tadbirkorlari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, kuchli brend identifikatorini shakllantirish va har bir dizaynerning milliy va xalqaro miqyosda rivojlanishiga yordam berishdir.
Ushbu inkuboatorda moda sohasiga oid biznes-gʻoya yoki shu sohada faoliyat yuritayotgan biznesga ega boʻlgan nomzodlar qatnashishi mumkin.
Ushbu loyihaning maqsadi fashion hamjamiyatini kengaytirish va yangi moda mutaxassislari va tadbirkorlar uchun murabbiylik, ish o‘rinlari, ta’lim dasturlari, xodimlarni o‘qitish tashabbuslari va tarmoq imkoniyatlarini taqdim etish orqali dizaynerlar va moda brendlarini inkubatsiya qilish orqali O‘zbekistonda kuchli sanoatni rivojlantirishdan iborat.
Dasturga 15 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur imkoniyatlari
Inkubatorga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Dasturda qatnashish bepul (2022-yilda qabul qilinganlar uchun bepul, keyingi yillarda toʻlov asosida oʻqitiladi). Dastur tadbirkorlarga oʻz gʻoyalarini hayotga tatbiq etish va tayyor biznes-rejalarga aylantirishga yordam berish uchun moʻljallangan quyidagi mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi:
– Seminarlar va lagerlar (butkemp)
– Mentorlik mashgʻulotlari
– Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar
– Professional qiziqish joylariga tashrif buyurish (masalan, fabrikalar, savdo markazlari va boshqalar)
– Tadbirlar (masalan, pitch-kunlari va boshqalar) - Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi ijtimoiy (soft) va kasbiy (hard) koʻnikmalarni rivojlantirish imkoniga ega boʻladi:
– Namuna ishlab chiqish
– Texnik toʻplam ishlab chiqish
– Oʻlchov olish xizmatlari
– Trikotaj va toʻquv buyumlarini bichish va tikish
– Kichik hajmda ishlab chiqarish (1-50 dona)
Talablar
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:
- O‘zbekiston fuqaroso bo‘lish.
- 18 yosh va undan katta bo‘lish.
- Moda sanoatida loyiha uchun g‘oyaga ega bo‘lish yoki shu sohada 24 oydan oshmagan vaqt
davomida biznes faoliyatini yuritayotgan bo‘lish. - Oxirgi semestrda oʻqiyotgan yoki oʻqishni tugatgan bo‘lishi (dizayn sohasiga oid mutaxassislik
boʻyicha). - Ariza shaklini vaqtida topshirish.
Ariza topshirish jarayoni
Dasturda ishtirok etishni xohlovchilar 2022-yil 30-aprelgacha onlayn tazrda ariza topshirishi lozim. Arizalar BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish jarayoni, topshiriladigan hujjatlar va boshqa kerakli maʼlumotlar bilan USHBU HUJJATDA tanishishingiz mumkin (maʼlumotlar dastlab rus tilida, keyin oʻzbek tilida berilgan).
Savollar yuzasidan murojaat qilish uchun kontaktlarni BU YERDAN topasiz.