×

“FinTech & VR” Xakatoniga arizalar qabuli boshlandi: G‘oliblarga 3 oylik bepul Akseleratsiya va qimmatbaho sovg‘alar


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2003 marta

CHOP ETILGAN

18.09.2021

Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy banki qoʻllab-quvvatlashi va tijorat banklari, moliya texnologiya kompaniyalari hamkorligida Bank-moliya akademiyasi tomonidan professional mutaxassislar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “FinTech & VR” Xakatoniga arizalar qabul qilmoqda.

Xakaton – maʼlum vaqt mobaynida dasturchilar biror loyiha ustida ishlashi koʻzda tutilgan tadbir. Bugungi kunda jahon dasturchilari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi kompaniya hamda taʼlim muassasalari xakaton tashkil etishadi, bu shunchaki dasturlashtirish sohasidagi musobaqa hisoblanadi. Virtual reallik (VR) va moliyaviy texnologiyalar (FinTech) ekspertlar tomonidan IT da eng istiqbolli yoʻnalishlar sifatida tan olinmoqda.

Xakatonning asosiy maqsadi raqamli texnologiyalarga qiziqishni orttirish va IT sohasidagi yetuk mutaxassislarni tanlab olishni nazarda tutadi.

Xakatonda maktab oʻquvchilari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, professional mutaxassislar va oʻquv yurtlaridagi 15 yoshdan yuqori IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Xakaton joriy yilning 2-3-oktyabr kunlari onlayn formatda Zoom platformasida boʻlib oʻtadi.

Roʻyxatdan oʻtish 2021-yilning 30-sentyabriga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:

Roʻyxatdan oʻtish

Xakaton boʻyicha asosiy maʼlumot:

  • 2-oktabr soat 10.00 da boshlanadi va 3-oktabr soat 17.00 da tugaydi (onlayn);
  • 5 kishilik jamoalar Hakamlar tomonidan qoʻyilgan vazifalarni yechadilar;
  • Jamoalar ishi yakunida MVP taqdim qilishlari lozim (MVP – minimal ishlovchi dasturiy mahsulot).

Mukofot

Gʻolib jamoalar qimmatbaho sovrinlar (15 ta smartfon, 15 ta elektron kitob, 15 ta simsiz quloqchin) va eng asosiysi – Avstraliya, AQSH, Germaniya, Rossiya va Qozogʻistonlik tajribali mentorlari ishtirokida 3 oylik Akseleratsiya dasturida bepul ishtirok etadi.

Shuningdek dasturda muvaffaqiyatli qatnashgan 5-6 startapga chet el sarmoyasi jalb qilinishi koʻzda tutilgan.

Batafsil ma’lumot va savollarga javoblarni Telegramda @bfa_ba_bot manzili orqali olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!