×

Karimov Fondi xorij oliygohlarida tahsil olish uchun yangi grantlar tanlovini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

8490 marta

CHOP ETILGAN

30.10.2018

Qayerda: Nomzod tomonidan tanlangan davlatda

Kim uchun: Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 5-noyabridan 24-noyabrigacha

Karimov Fondi Oʻzbekistonning iqtidorli va isteʼdodli yigit-qizlari oʻrtasida xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini e’lon qildi. Karimov Fondining yangi taʼlim grantlari quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha Yevropaning oliy taʼlim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo. Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Arxitektura. Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, tonnellar, yoʻl oʻtkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini aʼlo darajada bilgan, Oʻzbekiston yoki chet el oliy taʼlim muassasasini bitirgan yoki uning soʻnggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring. Eslatma: Hujjatlar 2018-yilning 5-noyabridan 24-noyabrigacha qabul qilinadi va hozirda onlayn ariza topshirish formasi ochilmagan. Ushbu forma joriy yilning 5-noyabridan ochilishi kutilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:

  • Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
  • tanlov ishtirokchisining shaxsiy anketasi;
  • tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan “Chet el oliy taʼlim muassasalarida magistrlik dasturi boʻyicha tahsil olish uchun Karimov fondi grantini olish boʻyicha oʻtkaziladigan III-tanlov Nizomi” Koʻchirmasi;
  • oliy taʼlim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi Tavsiyanoma yoki oliy taʼlim muassasasidan oxirgi bosqichda muvaffaqiyatli tahsil olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
  • pasport rangli nusxasi;
  • oliy taʼlim muassasasini bitirganligi toʻgʻrisidagi Diplom nusxasi.

Tanlov toʻgʻrisidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bagʻishlangan maxsus telegram-kanalda havola etilgan: https://t.me/GrantFondKarimov.

Ko’p beriladigan savollarga javoblar bilan SHU YERDA tanishing.

Diqqat!!!

Hujjatlar topshirish muddati cheklangan – 2018 yil 5 noyabrdan – 24 noyabrgacha.

Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +99871 2373420, +99871 2373813

E-mail: info@fondkarimov.uz

*Karimov Fondi taʼlim grantlari haqida

Karimov Fondi 2016 yil oktyabrda Lola Karimova-Tillyayeva va Tatyana Karimova tomonidan Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bagʻishlab taʼsis etilgan. Xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Soʻnggi 2 yil mobaynida 22 nafar oʻzbekistonlik yigit va qizlar Karimov Fondining taʼlim grantlari orqali Germaniya, Italiya, Chexiya, Rossiya va Polshaning peshqadam oliygohlarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!