×

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi ingliz tilini o’rganish uchun tekin kurslarga arizalar qabul qilmoqda!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

7346 marta

CHOP ETILGAN

28.08.2018

Qayerda: O’zbekiston, Toshkent

Kim uchun: 14 yoshdan katta barcha uchun

Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 5-sentabrigacha

Umumiy ma’lumot: AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ingliz tilini o’rganishni xohlovchilar uchun  “Alumni English” proyektini e’lon qildi. Ushbu dasturga ko’ra, o’quvchilar ikkita dasturga saralanib o’qitiladi.

Birinchi dastur «Language in Use» deb ataladi va ushbu dasturga ingliz tilini pre-intermediate darajasida yoki undan pastroq darajada biluvchilar saralab olinadi.

Ikkinchi dastur “TOEFLiBT Preparation Course” deb ataladi va ushbu dastur ingliz tilini intermediate darajasidan yaxshiroq biladigan nomzodlar uchun mo’ljallangan. Shuningdek, bu dastur AQSh universitetlarida o’qishni rejalashtirayotgan nomzodlarga yordam ko’rsatishni ham nazarda tutadi.

Darslar haftasiga 3 marta bo’ladi va har bir dasr uzunligi bir yarim soat.

Iqtisodiy ta’minot: Kurslarda oqish butunlay bepul.

Nomzodga qo’yilgan talablar: Nomzodlar 14 yoshdan yuqori bo’lishi va ingliz tilini bilish darajasi yuqorida ta’kidlangan darajaga mos bo’lishi zarur.

Hujjat topshirish jarayoni: Nomzodlar ushbu kurslardan biriga qabul qilinishi uchun saralash testidan o’tishi zarur. Nomzod faqat bitta dasturning saralash testigagina ro’yxatdan o’ta oladi. Bir vaqtning o’zida ikkita dasturning saralash testini topshirish uchun ro’yxatdan o’tish mumkin emas.

Saralash testlari quyidagi sanalarda bo’lib o’tadi:

  • «Language in Use» dasturi uchun – 2018-yilning 11-sentabrida (seshanba) soat 15:00 dan 17:00 gacha;
  • “TOEFLiBT Preparation Course” – dasturi uchun – 2018-yilning 12-sentabrida (chorshanba) soat 15:00 dan 17:00 gacha;

Yuqorida ko’rsatilgan saralash testlaridan biriga ro’yxatdan o’tish uchun Tashkent-Alumni@state.gov elektron maziliga familiya, sharifingizni; tug’ilgan sanangiz va joyingizni; pasport raqamingiz hamda bog’lanish uchun telefon raqamingizni 2018-yilning 5-sentabridan kechikmay yuborishingiz lozim. Email nomi quyidagicha bo’lishi kerak: “Alumni English: dastur nomi va test sanasi”. Masalan, «Alumni English: Language in Use. Tuesday, September 11».

E’tibor bering: Faqatgina email orqali ro’yxatdan o’tganligingiz haqidagi xabarni olsangiz, test uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lasiz. Bo’lmasa, ro’yxatdan o’tmagan hisoblanasiz. Telefon qo’ngiroqlari qabul qilinmaydi.

Muhim: Har bir dastur bo’yicha testga faqat 100tadan nomzod qabul qilinadi. Ro’yxatdan o’tganlar har bir dastur uchun 100 kishi bo’lgandan keyin, ariza qabul qilish to’xtatiladi. Shuning uchun imkon qadar ertaroq ro’yxatdan o’tish uchun email orqali ariza topshirish tavsiya etiladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!