×

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi bepul ingliz tili kurslari uchun arizalar qabul qilmoqda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

10034 marta

CHOP ETILGAN

18.12.2018

Qayerda: O’zbekiston, Toshkent

Kim uchun: 15 yosh va undan kattalar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 20-dekabrigacha

Toshkentdagi AQSH Elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasida joylashgan “Amerikaga darcha” xonasida bo’lib o’tadigan bepul ingliz tili kurslarini mamnuniyat bilan e’lon qiladi!

Uch oy davom etadigan ingliz tili kurslarida 15 yosh va undan kattalar qatnashishlari mumkin. Sinov topshrishga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi linkni bosing https://goo.gl/forms/nhLjzzqdrnmZCp1p2, sizning darajangizga mos keladigan kursni tanlang va talab etilgan barcha ma’lumotlarni kiriting.

Ingliz tili bilim darajangiz boshlang’ich bo’lsa, “English in Use” kurslariga yozilishingiz mumkin. Mazkur kurs ingliz tilini o’rganishni davom ettirish va til malakasini oshirmoqchi bo’lganlar uchun mo’ljallangan.

Agar, ingliz tilini o’rta yoki yuqori darajada bilsangiz, unda “English for Success” kurslariga yozilishingiz mumkin. Ushbu kurs talabalarning universitetlarda muvaffaqiyatga erishishda strategiyalarini ishlab chiqarish va standartlashtirilgan xalqaro TOEFL yoki IELTS kabi imtihon testlariga tayyorlanishlari uchun mo’ljallangan.

Faqatgina testlarning biriga yozilishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish payshanba, 20-dekabrga qadar davom etadi. Elektron pochtangizga tasdiq xati kelsagina, ro’yxatdan o’tgan hisoblanasiz. Test Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 16 va 17-yanvar kunlari bo’lib o’tadi.

Ingliz tili kurslari 2019-yil 21-yanvarda boshlanadi. Quyida ko’rsatilgan kurslar jadvali bilan tanishib o’ting:

• English in Use: seshanba, payshanba, juma soat 16:00-18:00.
• English for Success: dushanba, chorshanba, juma soat 16:00-18:00.

Savollaringizni englishforsuccess7@gmail.com elektron manziliga yo’llang.

Manba

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!