×

O’zbekistonda o’qib Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes universiteti bakalavrlik diplomini qo’lga kiritish haqida BEPUL SEMINAR!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

7062 marta

CHOP ETILGAN

19.01.2019

Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes universiteti haqida eshitganmisiz? Bu universitet jahondagi eng yaxshi universitetlar 400 ligi (TOP-400) ga kirishini bilasizmi? Ushbu universitet diplomi O’zbekistonda hech qanday imtihonlarsiz nostrifikatsiya qilinishi haqida bilarmidingiz?

Endi o’zbekistonlik maktab, litsey va kollej bitiruvchilarida O’zbekistonning o’zida o’qib, Oxford Brookes universiteti bakalavrlik diplomini qo’lga kiritish imkoniyati mavjud!

Toshkentda joylashgan GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti Oxford Brookes universitetining amaliy buxgalteriya bo’yicha bakalavrlik bosqichida o’qish uchun qabul e’lon qiladi. Bunda O’zbekistonlik yoshlar GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotida Oxford Brookes universitetining amaliy buxgalteriya bakalavrlik dasturida tahsil olishadi. Dars mashg’ulotlari to’laligicha Buyuk Britaniya formatida, ya’ni xalqaro ta’lim standartlari asosida olib boriladi.

Ushbu bakalarvlik dasturini GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotida o’qish qanday ijobiy taraflarga ega? Quyida ularni birma-bir sanab o’tamiz:

  1. Oxford Brookes universiteti dunyoning TOP-400 universitetlari qatoriga kirganligi sababli ushbu bakalavrlik kursini bitirgandan so’ng olingan diplom O’zbekistonda hech qanday imtihonlarsiz nostrifikatsiya qilinadi (Huquqiy asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalеntligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qarori).
  2. Oxford Brookes’ning amaliy buxgalterlik bo’yicha bakalavriat dasturi xalqaro ACCA tashkilot bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan bo’lib, GRBS markazida ushbu bakalavrlik bosqichini bitirganlar ACCA xalqaro sertifikatini ham qo’lga kiritishi mumkin. ACCA xalqaro sertifikatiga ega auditorlar esa, auditorlarning malakasini oshirish yoxud professional buxgalterlarni xalqaro yoki milliy sertifikatlash doirasida malakasi oshirish kurslarida o’qishi mumkin (Huquqiy asos: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Auditorning malaka sеrtifikatini bеrish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrug’i).
  3. Oxford Brookes universitetining amaliy buxgalterlik bo’yicha bakalavrlik bosqichida O’zbekistonda o’qish narxi (kontrakt to’lovi) Buyuk Britaniyadagidan deyarli 4 baravar arzon.
  4. Dars mashg’ulotlari Buyuk Britaniyaning o’zidan to’g’ridan-to’g’ri keltirilgan original darslik va qo’llanmalardan foydalanilgan holda, xalqaro ta’lim standartlar asosida olib boriladi.

DIQQAT! GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti ushbu bakalvrlik dasturida o’qishga qiziquvchilarni va ularning ota-onalarini dasturga qabul va ta’lim jarayoni, ushbu kursning afzalliklari, kursni bitirib qo’lga kiritilgan bakalavrlik diploma va xalqaro ACCA sertifikati talabalarga qanday ikoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berish hamda savollarga javob berish uchun BEPUL SEMINAR tashkil etadi. Seminar o’z navbatida ochiq eshiklar kuni ham hisoblanadi va tashrif buyuruvchilar shu kuni markazning o’quv xonalari, shart-sharoitlari bilan tanishishlari mumkin.

Seminar 2019-yilning 23-yanvar kuni 18:30 da va 2019-yilning 26-yanvar kuni 15:30 da GRBS Xalqaro o’quv va imtihon markazida bo’lib o’tadi. Seminar rus va o’zbek tillarida olib boriladi. Dasturda GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti asoschisi hamda markazning top menejerlari shaxsan ishtirok etadi va qiziquvchilarning barcha savollariga javob berishadi.

Seminarda qatnashish uchun USHBU  ONLAYN ARIZANI to’ldirib, RO’YXATDAN O’TISH lozim. Ro’yxatdan o’tmaganlar seminarda qatnasha olmaydi. Joylar soni cheklanganligi sababli, imkon qadar ertaroq ro’yxatdan o’tish tavsiya etiladi.

RO’YXATDAN O’TISH

Seminar o’tkaziladigan manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko’chasi, 21, GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti.

Murojaat uchun telefon: +998 78 129 19 19

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!