×

Fulbright: AQSH universitetlarida 5 oygacha boʻlgan muddat davomida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati; barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

2597 marta

CHOP ETILGAN

18.08.2020

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi Fulbrayt taklif etiladigan olimlar dasturi (Fulbright Visiting Scholar Program)ga arizlar qabuli boshlanganini maʼlum qildi. Taklif etilgan olimlar uchun Fulbrayt dasturi oʻzbekistonlik tajribali olimlarni AQSH universitetlarida 3 oydan 5 oygacha boʻlgan muddat davomida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Qoʻshma Shtatlarga olib keladi.

Nomzodlar quyidagi mashgʻulotlardan biriga ariz topshirishi mumkin:

  • Maʼruza oʻqish: oʻqituvchilar uchun universitetda maʼruza (maʼruza va konsultatsiya) mashgʻuloti bilan toʻliq band boʻlish.
  • Tadqiqot: olimlar uchun postdoktor darajasida ilgʻor tadqiqot olib borish mashgʻulotlari bilan toʻliq band boʻlish.
  • Maʼruza oʻqish/Tadqiqot: oʻqituvchilar uchun universitet darajasida ham maʼruza oʻqish, ham tadqiqot mashgʻulotlari bilan band boʻlish.

Taklif etilgan olimlar uchun Fulbrayt dasturida ishtirok etish uchun arizachi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident boʻlishi hamda ariza topshirish va saralash jarayonining toʻliq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishi kerak.
  • PhD darajasiga yoki muqobil kasbiy malakaga ega boʻlishi kerak (ariza topshirish vaqtida kamida 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlish zarur).
  • Hozirda oliy taʼlim muassasasi, tahliliy markazlar, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarda ishlayotgan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini tadqiqot olib borish/maʼruza oʻqish darajasida bilishi kerak.
  • Dastur tugagach, nomzod vataniga qaytishi va oʻrgangan bilimlarini amalda qoʻllashi lozim.

Taqdim etiladigan imtiyozlar:

  • AQSHga borish va AQSHdan qaytish uchun xalqaro aviachipta
  • Qoʻshma Shtatlarda toʻliq moliyaviy yordam
  • Tibbiy sugʻurtaning qoplanishi
  • Kasbiy va madaniy boyish imkoniyatlariga ega boʻlish

Tadqiqot olib borish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar:

Bevosita bemorni parvarishlash bilan bogʻliq boʻlgan tibbiy fanlardan tashqari barcha akademik yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqot olib borish mumkin. Jamoatchilik salomatligi va sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish ham mumkin boʻlgan yoʻnalishlarga kiradi.

AQSHdagi avvalgi tajriba:

Yaqin orada va/yoki AQSHda keng qamrovli tajribaga ega boʻlmagan arizachilarga alohida imtiyoz beriladi.

Arizani qanday topshirish lozim:

Qatnashchilar erishilgan yutuqlari asosida, ochiq koʻrik-tanlov yoʻli bilan saralanadi. Ariza topshiruvchilar quyidagi havola orqali oʻtib, arizaning onlayn shaklini SHU YERDA toʻldirishlari mumkin. Ariza topshirishni boshlashdan oldin dastur qollanmasini diqqat bilan oʻqib chiqishingiz lozim.

Ariza topshirish uchun eng soʻnggi muddat:

Ariza topshirish uchun eng soʻnggi muddat – 2020-yil 15-noyabr.

Topshiriladigan hujjatlar:

  • AQSH universitetida olib borilishi taklif etilayotgan tadqiqot amaliyoti/maʼruza mashgʻuloti haqida batafsil maʼlumot (bayonnoma).
  • CV/Resyume.
  • Bibliografiya (research proposal) va/yoki kurs rejasi (lecturing proposal).
  • Nomzodning muassasasidan qoʻllab-quvvatlash/tark etish xati va/yoki AQSHdagi muassasadan taklif xati. Bu hujjat majburiy emas, lekin topshirilsa, saralash jarayonida inobatga olinadi.

Shuningdek, Fulbright Junior Faculty kategoriyasi ham mavjud boʻlib, bunda nomzoddan oliy taʼlim muassasasida kamida 3 yillik taʼlimga oid ish tajribasi talab etiladi. Buna nomzod 1 semestrgacha boʻlgan muddat davomida AQSHdagi oʻquv dasturini ishlab chiqishga oid amaliyotlar va nazariy yondashuvlarni tadqiq qilish uchun grantga ariza topshirishi mumkin. Mazkur dasturga nozodlar maʼlum oʻquv dasturini ishlab chiqish uchun aniq strategiyalar, jumladan AQSH oliygohlarida foydalanish uchun ilmiy va tadqiqot manbalari haqidagi qisqacha bayonnomani taqdim etish orqali sheriklik taklif etishi kerak boʻladi. Dastur davomida ishtirokchichilar tadqiqot olib borishi, kurs tavsifi hamda oʻquv rejasini ishlab chiqishi, shuningdek, taklid etgan kursi uchun maʼlum oʻqitish strategiyalarini qisqacha bayon qilishi kerak.

Fulbright Junior Faculty dasturi nomzodlari uchun talablar haqida SHU YERDA batafsil tanishing.

Bu muhim:

  • Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
  • Ariza materiallari koʻrik-tanlov oʻtkazish vaqtida ham, oʻtkazilganidan keyin ham qaytarib berilmaydi.
  • Fulbrayt dasturi ariza hujjatlarida koʻrsatilgan har qanday maʼlumotlarni tekshirish huquqiga ega. Asl vaziyat bilan nomuvofiqlik aniqlangan holatlarda arizachining Fulbrayt tanlovidagi ishtiroki toʻxtatib qoʻyiladi.
  • Ariza topshirish yoki grant berish jarayonida istalgan vaqtda dalillarni jiddiy buzib koʻrsatish (masalan, plagiat) saralashni bekor qilish yoki grant berishni toʻxtatib qoʻyishga asos boʻladi.
  • Nomzodlarni tanlash yoki tanlamaslikning aniq sababi koʻrsatilmaydi.
  • Taklif etilgan olimlar uchun Fulbrayt dasturining ustuvor maqsadi anjumanlarda ishtirok etish, doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, safar qilish va bir necha muassasalarda maslahat olish, bemorlar bilan aloqa nazarda tutilgan klinik tibbiy tadqiqotlardan iborat emas.*

*Vrachlar uchun izoh: AQSH Davlat departamenti Tibbiy muassasalarning xorijiy bitiruvchilari uchun taʼlim komissiyasini (ECFMG) Qoʻshma Shtatlarda internatura, rezidentura va ixtisoslashgan klinik tayyorgarlikdan oʻtishlari uchun xorijlik vrachlarga homiylik qiluvchi yagona vakolatli tashkilot sifatida tayinladi. Fulbrayt grantini oluvchilar bir vaqtning oʻzida ECFMGning ham homiyligiga ega boʻla olmaydilar; shuning uchun ham klinik tayyorgarlik, bemorlarni parvarishlash yoki bemorlar bilan aloqa qilishni oʻz ichiga oluvchi tibbiy tadqiqotlar boʻyicha takliflar Fulbrayt dasturi doirasida tasdiqlanishi mumkin emas.

Savollar?

Barcha savollarni quyidagi manzil boʻyicha yuboring: TashkentFulbright@state.gov va  FulbrightUzbekistan@gmail.com, mavzu sifatida esa “Fulbright Visiting Scholar” deb koʻrsating.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!