×

Garvard universiteti kurslarida bepul o’qishni xohlaysizmi?


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

6391 marta

CHOP ETILGAN

10.06.2020

O’qish joyi

Onlayn

Kimlar qabul qilinadi?

Barcha

Qachongacha ro’yxatdan o’tish mumkin?

Istalgan vaqt

Rasmiy havola

Asosiy ma’lumot

Garvard universiteti jahondagi eng nufuzli universitetlardan biri sanalib, top 10 talik oliygohlar ro’yxatida o’zining doimiy o’rniga ega. Bu universitet 2020-yilda jahon universitetlari reytingida 7-o’ringa joylashtirilgan, 2019-yilda esa dunyodagi eng nufuzli oliygoh deb topilgan, hozirda u AQSHning birinchi raqamli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Garvard universitetiga o’qishga grant asosida qabul qilinish juda kam va favqulodda iqtidorli talabalargagina nasib qiladi, bu universitetda o’qitiladigan kurslarga to’lov shartnoma asosida o’qishga kirish ham ancha mushkul hisoblanadi. Lekin Garvardda bepul o’qish imkoniyati ham mavjud.

Garvard universiteti hozirda barcha uchun bepul bo’lgan va universitetda dars beruvchi jahonga mashhur mutaxassislar tomonidan tayyorlangan onlayn kurslarini EdX onlayn ta’lim platformasiga joylashtirgan. Bu yerda universitetning professor-o’qituvchilari tomonidan o’tiladigan o’nlab qisqa kurslarda o’qish mumkin.

Bepul kurslar ro’yxati

Onlayn kurslarda o’qish qanday bo’ladi?

Kursga ro’yxatdan o’tgach, bir necha oy uchun mo’ljallangan kurs materiallarini o’zingizga qulay vaqtda o’rganasiz. Turli video ma’ruzalar, o’quv materiallari va boshqa o’quvchilar bilan forumlar bilim olishingizda asosiy vazifani bajaradi. Kurs materiallari bir haftada o’rtacha jami 2-4 soat atrofida vaqt sarf qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Kursga ro’yxatdan o’tishda sizga sertifikatsiz (bepul) va sertifikat uchun (pulli) o’qish imkoniyati beriladi. Rasmiy sertifikat uchun o’qishni tanlaganlar to’lovni amalga oshirishadi va kurs davomida ulardan turli imtihonlardan o’tishlari talab etiladi. Imtihondan o’tolmagan o’quvchilarga sertifikat berilmaydi. Rasmiy sertifikatsiz o’qish ko’proq kurs materiallariga qiziqish bildirgan, ammo o’qiganligini tasdiqlovchi hujjatga muhtoj bo’lmagan o’quvchilar uchun mos keladi.

Kurslardan qanday foyda olasiz?

Ushbu kurslarda turli mavzu va fanlardan saboq olishingiz va bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Kurslarda o’qish mutlaqo bepul. Kursni tamomlaganlik haqida sertifikat olish istagida bo’lganlar uchun taxminan 50 AQSh dollaridan 200 AQSh dollarigacha (bu miqdorlar kursga qarab farq qilishi mumkin) bo’lgan to’lov evaziga Garvard universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan sertifikatlar taqdim etiladi.

O’qish uchun sizdan nima talab qilinadi?

Kurslarga ro’yxatdan o’tish uchun ingliz tilini bilish va internet orqali turli ma’ruzalarni yuklab olib, imtihonlarni topshirish imkoniga ega bo’lishingiz kerak.

Kurslarga qanday ro’yxatdan o’tish mumkin?

Ro’yxatdan o’tish uchun bu yerga kirib, kerakli kursni tanlashingiz va “Enroll” tugmasini bosishingiz kerak. Agar EdX saytida akkauntingiz bo’lmasa, avval saytda ro’yxatdan o’tasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!