×

Germaniya: O’qish bepul bo’lgan universitetlar


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

96715 marta

CHOP ETILGAN

22.07.2018

Umumiy ma’lumot:  Hozirda dunyoning ko’plab qismlarida Oliy Ta’lim Muassasalarida o’qish uchun kontrakt to’lovlari oshib borgani sari, oliy ma’lumot olish mashaqqati ham ortib bormoqda. Ko’pchilik abituriyentlar, ayniqsa, O’zbekistonliklar uchun esa kontraktlari to’rt, besh xonali summadan tashkil topgan, yana AQSH dollari, Yevro va Funt sterlingda belgilangan universitetlarga yaqinlashishning o’zi qiyin masaladek tuyiladi. Ko’pchilikning fikricha, nufuzli oliygoh talabasi bo’lish va xalqaro diplom olish uchun minglab AQSh dollari miqdorida pul sarflash zarur. Aslida esa, bu vaziyat u qadar murakkab emas. Dunyo bo’ylab yuqori nufuzga ega, ta’lim sifati bo’yicha eng sara OTMlar ro’yxatidan joy olgan universitetlar ichida o’qish uchun kontrakt talab qilinmaydiganlari ham mavjud. Bunday oliygohlarga kirish siz tahmin qilganchalik o’ta kuchli raqobat asosida bo’lmaydi, talablar ham unchalik qiyin emas. Ta’lim olish bepul deb belgilangan yoki kontraktlar minimum darajagacha pasaytirilgan universitetlarning asosiy talablari odatda tilni bilish va a’lo baholar hisoblanadi. Shunday universitetlarning katta qismi Germaniyada joylashgan. Quyida Germaniyadagi bepul ta’lim, u yerda yashash xarajatlari, top universitetlar va boshqa ma’lumotlat bilan tanishasiz.

Germaniyada joylashgan oliy ta’lim muassasalarining aksariyati ham mahalliy, ham xalqaro talabalarni kontrakt to’lovlaridan ozod qilgan. O’qishga qabul qilingan talaba ro’yxatga olish va boshqa tashkiliy ishlar uchun 150-250 yevro miqdoridagi to’lovni to’lasa bas. Albatta, nemis universitetlarining hammasi ham tekin emas, ularning orasida arzonroq bo’lsa ham kontrakt to’lanadiganlari va dunyodagi boshqa universitetlardek qimmatga tushadiganlari ham mavjud, lekin aslida bu davlatda oliygohning sifat darajasi va kontrakt to’lovi bir-biriga unchalik bog’liq emas. Germaniyadagi aksar davlat universitetlarining nufuzi baland, ta’lims ifati yuqori, kontrakt to’lovi esa nolga teng. Lekin bu, albatta, Germaniyada tekinga o’qishdan tashqari, u yerda yashash xarajatlarini ham inobatga olish kerak. O’qishga kirgach, Germaniyaga viza olish uchun asosiy xarajatlar uchun taxminan 8700 yevro pulingiz borligini ko’rsatshingiz kerak. Aslida esa, Germaniyada qiyinchiliksiz yashash uchun yiliga 9600 yevro atrofida xarajat qilishingiz kerak bo’ladi.

Xo’sh, Germaniyaning qayerida o’qish qulayroq?

Myunxen va Berlin dunyoning talabalar uchun eng yaxshi hisoblangan 20 shaharlari ro’yxatiga kiritilgan. Ular markaziy, chiroyli va xavfsiz shaharlar ham hisoblanadi.

Qaysi universitetlar yaxshiroq?

Mamlakat bo’ylab 380dan ortiq rasman tan olingan universitetlar bo’lib, ularda tahminan 17000 ta kurslar mavjud. Germaniya ta’lim tizimi sifati va qulayligi bilan ajralib turadi, shuning uchun qayerga o’qishga kirish va u yerda o’qish sifati qanday bo’lishi haqida bosh qotirish shart emas. Lekin Germaniyaning 40 ta universiteti alohida nufuzga ega, chunki ular dunyodagi eng yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. Germaniyaning eng yetakchi universitetlari ro’yxati bilan tanishing:

  1. Heidelberg UniversityCwur.org sayti reytingiga ko’ra dunyo bo’yicha 46-o’rinda, Germaniya bo’yicha birinchi o’rinda. Ushbu universitetda xalqaro talabalr uchun ba’zi yo’nalishlarda o’qish pullik bo’lib, t’lim haqi odatda semesteriga 1500 yevroni tashkil qiladi.
  2. Ludwig Maximilian University of Munich – Dunyo bo’yicha 48-o’rinda, Germaniya bo’yicha ikkinchi o’rinda. Bu universitetda o’qish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham tekin. Lekin qabul, ro’yxatdan o’tish va shunga o’xshash harakatlar uchun talabalar to’lov qilishi kerak bo’ladi. Bunday to’lov odatda semesteriga 250 yevrodan 500 yevrogacha bo’lishi mumkin.
  3. Free University of Berlin – Dunyo bo’yicha 81-o’rinda, Germaniya bo’yicha uchinchi o’rinda. Bu universitetda ham o’qish tekin. Lekin har semester uchun 310-320 yevro miqdorida administrativ to’lov to’
  4. Humboldt University of Berlin – dunyo bo’yicha 101, Germaniya bo’yicha 4- o’rinda. Bu universitetda ham o’qish tekin. Faqat qabul yig’imi yig’iladi va bu yig’im 40 yevro atrofida. Shuningdek, miqdori semesteriga 300 yevro atrofida adminisrativ to’lov ham to’lanishi mumkin.
  5. Technical University of Munich – dunyo bo’yicha 11, Germaniya bo’yicha 5-o’rinda. Ushbu oliy ta’lim muassasasida ham tahsil olish bepul. Faqat semesteriga 130 yevro atrofidagi administrativ to’lov mavjud, xolos.
  6. University of Bonn – dunyo bo’yicha 115, Germaniya bo’yicha 6-o’rinda. Ba’zi yo’nalishlarida kontrakt to’lovi mavjud. Kontrakt emesteriga 2000 yevro atrofida bo’lishi mumkin.
  7. University of Hamburg – dunyo bo’yicha 125, Germaniya bo’yicha 7-o’rinda. 2012-yilning oktabridan beri ushbu universitetda ta’lim olish butunlay tekin. Faqat har semester to’lanadigan 200 yevro atrofida administrativ to’lov mavjud.
  8. University of Tübingen – dunyo bo’yicha 132, Germaniya bo’yicha 8-o’rinda. Xorijiy talabalar odatda faqat qishki semester uchun ta’lim puli to’lashadi (1500 yevro). Bundan tashqari, har semesterda to’lanadigan 160 yevro atrofida administrative to’lov mavjud.
  9. Goethe University Frankfurt –dunyo bo’yicha 149, Germaniya bo’yicha 9-o’rinda. O’qish tekin. Semesteriga 370 yevroga yaqin administrative to’lov bor.
  10. University of Göttingen – dunyo bo’yicha 155, Germaniya bo’yicha 10-o’rinda. Ta’lim tekin. Yo’nalishlariga qarab semesteriga 350 yevrodan 800 yevrogacha administrativ to’lov mavjud.

Ro’yxatning davomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Soha bo’yicha eng oldi nemis universitetlari:

  1. Tibbiyot
  2. Farmatsevtika
  3. Muhandislik
  4. Elektr muhandisligi
  5. Sanoat muhandisligi
  6. Mexanik muhandislik
  7. Material muhandislik
  8. Kompyuter fanlari
  9. Arxitektura
  10. Nemis tili va adabiyoti

Qanday hujjat topshiraman?

Germaniyada hujjat qabul qilish har yili ikki mavsumda amalga oshiriladi. Birinchi mavsum oktabr va noyabrda boshlanadigan kurslar uchun bo’lib, arizalar mart va aprel oylarida qabul qilinadi.

Ikkinchi qabul mavsumi avgust va sentabrda boshlanadigan kurslar uchun bo’ladi, arizalar qabuli esa mart oyida bo’ladi. Universitetlarning ba’zilari arizalarni to’gridan-to’g’ri qabul qilsa-da, ko’pchilik yirik universitetlar Uni-Assist deb nomlangan umumiy ariza qabul qilish tizimidan foydalanadi. Bepul ta’lim joriy etilgan oliygohga o’qishga qabul qilinish xalqaro va mahalliy talabalar uchun deyarli bir xil, buning uchun nomzod universitetning qabul talablariga javob berishi zarur.

O’qishga hujjat topshirish uchun asosan ariza, Germaniyada tan olinadigan shahodatnoma va baholar talab qilinadi.

Shahodatnomaning Germaniyada tan olinganlik masalasi murakkabroq bo’lishi mumkin. Agar nomzod o’qigan maktab (kolej, litsey) tomonidan berilgan shahodatnoma (diplom) Germaniyada “o’tmasa”, nomzod “Studienkollegs” deb nomlangan bir yillik tayyorlov kursi (“podkurs”) ga kirib, “Feststellungsprüfung” deb nomlanadigan imtihondan o’tishi kerak bo’ladi. Agar nomzod imtihondan o’tsa, nemis universitetiga hujjat topshirish huquqiga ega bo’ladi.

O’qishga qabul qilingach, viza olishdan oldin “blocked account” deb nomlanadigan bank hisobi shakllantirish kerak bo’ladi. Bu hisobda talabaning Germaniyadagi ilk 9 oylik hayoti uchun zarur xarajatlarga yetarli minimum summa bo’lishi shart. Bu 8000 yevro atrofida bo’ladi. Bunday hisob raqamisiz Germaniyaga viza olib bo’lmaydi. Bank hisobingizga kerakli summani joylagach, viza olish harakatini boshlashingiz mumkin bo’ladi.

Keyingi maqolalarda ta’lim bepul bo’lgan boshqa universitetlar va davlatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib boramiz. Biz bilan bo’ling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!