×

Germaniyada bakalavriat bosqichida oʻqimoqchiman, nimalarni bilishim lozim?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1252 marta

CHOP ETILGAN

21.03.2021

1. Bilishingiz shart boʻlgan eng muhim narsa – Oʻzbekistonda kollej yoki maktabni bitirib, birdan Germaniyada bakalavriatga kira olmaysiz.

Oʻzbekistonda litseyni bitirib, aynan litseydagi mutaxassisligingiz boʻyicha topshirsangiz va litseyda oʻtilgan fanlar Germaniyadagi bakalavriatga mos kelsa, birdan bakalavriatga qabul qilishlari mumkin. Boʻlmasa, litseyni bitirib ham birdan Germaniyada bakalavriatga oʻqishga kira olmaysiz.

Quyida har bir oʻquv yurti boʻyicha alohida toʻxtalamiz. Barcha maʼlumotlar Germaniyaning anabin tizimi maʼlumotlari asosida keltiriladi.

2. Maktab va kollej. 11-yillik maktabni yoki kollejni bitirgach, Germaniyada bakalavriat bosqichiga kirish uchun oldingizda 2 ta variant boʻladi:

A. 2 yil Oʻzbekiston universitetida oʻqib, keyin Germaniya universiteti bakalavriatiga hujjat topshirish.

B. 1 yil oʻzbek universitetida oʻqib, soʻng 1 yil Germaniyada tayyorlov maktabida (Studienkolleg) oʻqib, keyin bakalavriatga topshirish.

Shu 2 variantdan birini qilsangizgina Germaniya oliygohida bakalavriatga hujjat topshira olasiz va 1-kursdan oʻqishni boshlaysiz.

Ayrim xususiy tayyorlov maktablari maktab yoki kollejni bitirganlarni ham qabul qilishi mumkin (1 yil oʻzbek universitetida bakalavriatni oʻqimasa ham). Lekin bunday holat nihoyatda kam uchraydi va bunaqa variantni topish uchun deyarli barcha tayyorlov kurslariga bu haqida soʻrab yozib chiqishingiz kerak boʻladi.

3. Litsey. Litseyni bitirgach, oldingizda 2 ta variant boʻladi:

A. Aynan litseydagi mutaxassisligingiz boʻyicha birdan Germaniyaga bakalavriatga topshirish. Bu qiyin jarayon. Bunda litseyda oʻqigan fanlaringiz Germaniyadagi topshirayotgan bakalavriat kursingizga mos boʻlishi kerak. Agar fanlari toʻgʻri kelmasa, birdan qabul qilmaydi.

B. 1 yil tayyorlov maktabida yoki O’zbekistondagi universitetning bakalavriat bosqichida oʻqib, keyin bakalavriatga topshirishingiz mumkin. Bu variantni topshirmoqchi boʻlgan bakalavriatingizdagi fanlar toʻgʻri kelmaganda yoki litseydagi mutaxassislikdan boshqa mutaxassislikka topshirayotganingizda qoʻllashingiz mumkin.

4. Tayyorlov maktabi (Studienkolleg). Germaniyada taxminan 30 tacha davlatga qarashli tayyorlov maktablari bor. Ularda oʻqish bepul. Lekin har semestrda 100 yevrodan 400 yevrogacha semestr badali toʻlashingiz kerak boʻladi.

Xususiy tayyorlov maktablarida oʻqish uchun 1 yilga 5-10 ming yevro kontrakt toʻlanadi.

Biroq tayyorlov maktablarining deyarli barchasida faqat NEMIS TILIDA oʻqish mumkin. Shu sababli sizdan nemis tilini B1 yoki B2 darajada bilish talab qilinadi.

Ayrim tayyorlov maktablari (xususiylari) ingliz tilida ham oʻqitishi mumkin.

Va davlatga qarashli tayyorlov maktablariga talab katta. 1 ta oʻrin uchun 8-10 kishi bilan raqobat qilishingizga toʻgʻri kelishi mumkin.

Tayyorlov maktablariga ariza topshirish, ularning roʻyxati va ular haqidagi boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA tanishing (nemis tilida).

Va yana bilishingiz lozim boʻlgan narsa – tayyorlov maktabida oʻqish uchun sizga viza berilishi uchun maʼlum mablagʻingiz boʻlishi va uni bloklangan hisob raqamga oʻtkazishingiz kerak. Bu haqida BU YERDA oʻqing.

Tayyorlov maktablar haqida batafsil maqolani BU YERDA (ingliz tilida).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!