×

Grant yutish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak? (Germaniya)


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3296 marta

CHOP ETILGAN

01.04.2018

Grant sohibi bo’lish, ko’pchilik o’ylaganiga qaraganda osonroq. Quyida siz uchun 10 ta oltin qoida.

1. Og’iz — bir, quloq — ikki, bir so’zlab, tingla qirq ikki.

Ko’plab jamg’armalar, bir yil uchun, bir marta „Deadline“ e’lon qilishadi. Agar siz muddatni o’tkazib yuborsangiz, yana bir yil kutishingizga to’g’ri keladi. Har tamonlama Stipendiya beruvchiga mos kelsangiz-u, lekin hujjatlarni kech topshirganingiz uchun rad javobini olsangiz, barcha harakatlaringiz zoye ketadi. Shuning uchun muddatni o’tkazib yubormang!

2. Men: bu – mening o’zimdir.

Siz imkon qadar umumiylikdan qochishingiz kerak. Qabul komissiyasi „qoliplashgan umumiy fikrlar“ga o’rganib ketgan, shuning uchun ham „bunaqangi jumlalar“ ga eng kam e’tibor qaratishadi. Siz faqatgina, o’zingizni nomingizdan, o’zingizni fikringizni ochiq va real yetkazib berishingiz kerak bo’ladi.

Shuningdek, Grant yutish uchun a’rizani bitta fondga emas, bir nechtasiga, bir vaqtning o‘zida topshirsangiz ham bo’ladi. Eplagan ikki oshar.

3.Daryo chopar, chaqqon topar.

Siz qanchalik erta grant qidirishni boshlasangiz, shuncha tezroq grant sohibi bo’lishingiz va o’zingizni o’qishga yo’naltirishingiz mumkin. Ko’pgina fondlarda bir yil uchun hujjatlarni qubul qilish jarayoni faqatgina bitta muddat mavjud. Belgilangan „Deadline“ ni o’tkazib yuborish,  yana qaytadan ro’yhatdan o’tish, yana bir yil kutish har kimga ham yoqmaydi ?

Xullas, bozor bilgan och qolmas, yo’l tanigan kech qolmas.

4. Yo’ling bilib, yo’ldosh qil, tenging bilib, tengdosh qil.

Grant sohibi bo’lish uchun, arizangizni taniqli va obro’li grantlarga shunchaki topshirishni o’rniga, o’zingizni ayni vaqtdagi “Statusingiz”ga mos keladigan fondlarga a’riza topshirsangiz, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ko’p murojaatlarni yuborishdan qo’rqmang. Chunki sizning muvaffaqiyatingiz uchun har bir harakat albatta sizning foydangizdir.  Ayniqsa, kichikroq, unchalik ham keng dovrug’i ketmagan grantlar bilan grantni qo’lga kiritish imkoniyati ko’proq.

Xullas, nemischasiga aytganda, “Gas geben”.

5. Oson ishning ohi bor.

Mukammal tayyorlanmagan ariza birinchi yomon taassurot yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun uni yuborishdan oldin yaxshilab tekshirib chiqing. Ayniqsa, matndagi to’liq fikrlarni jamlamaganlik oqibatida kelib chiqadigan xatolar, grant yutishingizni qiyinlashtiradi. Shunchaki, ko’chirgan deb hisoblashadi.

Ko’pgina fondlar, hujjatlarni qanday shaklda bo’lishi kerakligi haqida maxsus qoidalar ko’rsatadilar.

Agar jamg’arma barcha talabnoma hujjatlarini DIN A4 shaklda ifodalanishini istasa, siz hech qanday DIN A5da shaklida biriktirmasligingiz kerak.

6. Aytilgan so’z — otilgan o’q. 

A‘riza topshirish jarayonida juda ham keng tarqalgan xatolik: Bu – tugallanmagan hujjatlarni yuborishdir. Ko’pgina fondlar mukammal to’ldirilmagan arizalarni butunlay rad e’tishadi. Siz nafaqat motivatsiya maktubi, sertifikatlar kabi standart hujjatlarni emas, balki fondlar tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlarni ham kiritishni unutmasligingiz kerak bo’ladi.

7. Bildirish uchun bilish kerak.

Google, Facebook, StepStone, Linkdeln yoki Xing kabi ijtimoiy tarmoqlardan o’zingizni foydangiz uchun foydalaning. Stipendiya beruvchi ko’plab jamg’armalar, albatta ana shu yerdan ham siz haqingizda ma’lumotlarni bilishlari mumkin, agar ushbu ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo’lsangiz.

Lekin ushbu ijtimoiy tarmoqlar, siz haqingizda professional taassurotlarga ega bo’lishni ta’minlaydi.

Sizga maslahat: Har qanday obro’yingizga to’gri kelmaydigan “post”lar bilan xayrlashing.

8. «Balli» dedim — band bo’ldim.

Birinchi taassurot asosiy hisoblanadi, ayniqsa a’rizangizdagi rasm stipendiya beruvchilarni nigohini tortadi. Sizning ushbu rasmingiz orqali, qanaqa inson ekanligingizni 40% bilib olish mumkin.

Ko’zingiz chaqnab tursin. O’zingizdagi ishonchni ko’rsata biling. Kreativ yondashing. Imkon qadar fotoshopdan yiroqlashing. Agar yuzingizda biron bir chandiq bo’lsa, berkitishga harakat qilmang. O’sha chandiq, sizning bir bo’lagingizdir. Zeroki, terak ham bog’ ziynati.

9. Topshirdim — dedim, qutuldim. So’radim – dedim, yutuldim.

Ko’plab fondlar sizni hujjatlaringizni qabul qilganligi haqidagi xabarlarni tasdiqlashmaydi. Bu jarayon 3 oydan 6 oygacha cho’zilib ketishi mumkin. Siz o’zingizdagi mavhumlikni bartaraf eting. Hujjatlaringizni qabul qilishganligini so’rang, qiziqing. O’zingizga e’tiborni torting. Ba’zi fondlar, a’riza topshiruvchilar ko’pligi sababli, hattoki, rad javobini yozishni ham esdan chiqarib qo’yishadi. Aniqrog’i hujjatlar bilan tanishib ham chiqishmaydi. Shuning uchun, doimo aktiv bo’ling. O’zingizni ko’rsating.

10. Gavhar yerda yotmas (Agar gavhar bo’lsa)

Grant sohibi bo’lishingizni kafolatlaydigan yana bir hujjat bu sizning tarjimai holingizdir. Siz – sizga stipendiya beruvchi jamg’armaga, o’zingizni prezentatsiya qilishingiz kerak. E’tibor bering, o’zingizni, o’zingiz ko’rsatishingiz kerak bo’ladi. CV ni tuzish jarayonida oddiylikka juda ham katta e’tibor qarating. Siz haqingiznidagi ma’lumotlarni o’qish jarayonida, zerikkishlar bo’lmasligni kerak. Ko’pchilik tarjimai holni yozish jarayonida “Hobby” ga unchalik ham e’tibor bermaydi, umumiylashgan iboralardan foydalanadi. Bu esa professionallik emas.

Xullas, Siz qanday inson bo’lsangiz, shundayligizni ko’rsatib bering.

Shu o’rinda, “Dengiz suvi ko‘p bo‘lsa-da, lekin sho’r”, –  deganlaridek, Siz ham “sho’r” lik dan doimo yiroqda bo’ling.

Sizga ulkan muvoffaqiyat tilab,

© Ilhom Tojiddinov

Ushbu maqola nemis tilini o’rgatish va Germaniyadagi ta’lim haqidagi ma’lumotlar berishga ixtisoslashgan Deutsch Online Usbekistan tahririyati tomonidan tayyorlandi.

Tahririyat kanaliga qo’shilish:

https://t.me/deutschonlineUsbekistan

https://t.me/joinchat/AAAAAEFT7Vf01Yc1puxHng

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!