×

«Grantlar.uz» uchun maxsus: «Coursera» ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida (Video)


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5959 marta

CHOP ETILGAN

12.07.2015

«Coursera» ta’lim portali haqida saytimizda avval ham ma’lumot bergan edik (SHU YERDA va SHU YERDA). Shundan beri o’quvchilarimiz orasida bu saytga qiziqish ortdi. Uning qanday ishlashi, o’ziga xos jihatlari va afzalliklari haqida ko’plab savollar kelmoqda.

Vatandoshimiz, ayni paytda Germaniyaning Saarland universitetida Ta’lim texnologiyalari sohasida magistratura darajasida tahsil olayotgan Nilufar Oripova «Coursera» ommaviy onlayn  ta’lim tizimi haqida o’zbek tilida ajoyib video yaratdi va uni «Grantlar.uz» saytiga taqdim qildi.

Ta’lim texnologiyalari (Educational Technology) sohasi kamyob va yangi yo’nalishlardan bo’lib, Germaniyada faqat Saarland universitetida o’qitiladi. Nilufarni ushbu universitetga va shu yo’nalishga o’qishga kirgani bilan tabriklab, kelajakdagi o’qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

«Coursera» portali ham ayni shu sohada inqilob yasayotgan peshqadam saytlardan biri ekanini unutmaylik.

Yurtdoshimiz Nilufarga video uchun minnatdorlik bildiramiz va quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.

Coursera – ochiq ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida video:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!