×

1-yil Oʻzbekistonda oʻqib, qolgan 3 yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya yoki Irlandiyada davom ettirish va xalqaro bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritish haqida BEPUL SEMINAR va OCHIQ ESHIKLAR KUNI!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

5509 marta

CHOP ETILGAN

22.01.2019

Ednilikda Toshkentda joylashgan GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotida 1-kurs – Xalqaro Foundation kursini oʻqib, qolgan 3 yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya yoki Irlandiyada davom ettirish va xalqaro bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritish mumkin. Bu haqida batafsil maʼlumot bilan taʼminlash, barcha savollarga javob berish maqsadida GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti bepul seminar va ochiq eshiklar kuni tashkil etmoqda (seminar va ochiq eshiklar kuni haqidagi maʼlumotlar maqola oxirida berilgan).

Xalqaro Foundation kursi nima?

Xalqaro Foundation kursi (“Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies” kursi) Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa va dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlaridagi bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha bir yillik tayyorgarlik dasturidir. Talabalar avval 1 yil Xalqaro Foundation kursini va keyin 3 yil bakalavrlik kursini oʻqib, bakalavrlik diplomini olishadi. Xalqaro Foundation dasturi Oʻzbekistondagi universitetlarning bakalavriatdagi 1-kursning muqobili hisoblanadi.

Bu kursni bitirgandan keyin qaysi davlatlarda oʻqishni davom ettira olaman?

GRBS Xalqaro taʼlim tashkilotida Xalqaro Foundation kursini bitirganlar quyidagi davlatlarda bakalavrlik bosqichida oʻqishni davom ettirishi mumkin:

  • Buyuk Britaniya
  • Amerika Qoʻshma Shtatlari
  • Kanada
  • Avstraliya
  • Irlandiya

Bakalavrlik bosqichida oʻqish uchun qaysi sohalar mavjud?

GRBS Xalqaro taʼlim tashkilotida Xalqaro Foundation kursini bitirganingizdan soʻng, yuqorida sanab oʻtilgan davlatlarda bakalavrlik bosqichida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olishingiz mumkin:

  • Business (Biznes)
  • Marketing
  • Computing (Kompyuter fanlari, ya’ni dasturlash, kompyuter texnologiyalari va boshqalar).
  • Engineering (Muhandislik)
  • Humanities (Gumanitar fanlar)
  • Science (Ilm-fan, ya’ni tabiiy, tibbiy va aniq fanlar)
  • Healthcare (Sogʻliqni saqlash, tibbiyot)

Ushbu kursda oʻqish qanday afzalliklarga ega?

GRBS Xaqaro taʼlim tashkilotida ushbu kursni oʻqish quyidagi afzalliklarga ega:

  • Kursni bitirgach, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Irlandiyada joylashgan Bangor University, Birmingham City University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa (jami 71 dan ortiq) xalqaro universitetlarning bakalavrlik bosqichida oʻqishni to’g’ridan-to’g’ri davom ettirish imkonini beradi.
  • Xalqaro Foundation kursini yuqorida sanab oʻtilgan universitetlarning oʻzida emas, O’zbekistondagi GRBS Xalqaro taʼlim tashkilotida oʻqish narxi deyarli 3 baravar arzonga tushadi.
  • Darslar toʻliq xalqaro standartlar asosida hamda taʼlim sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalarda oʼtiladi va sifatli taʼlim taʼminlanadi.
  • Kurs soʻnggida talabalar “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies” Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan diplomga ega boʻlishadi.

Xalqaro Foundation kursiga qabul qilinishim uchun mendan nima talab qilinadi?

Ushbu kursga qabul talablari quyidagicha:

  • Nomzod kamida 17 yosh boʻlishi kerak.
  • Nomzod litsey/kollej diplomiga yoki 11-sinf attestatiga ega boʻlishi kerak
  • Til talabi: nomzodlar ushbu kursga qabul qilinish uchun GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotidagi ingliz tili testini topshirishi kerak. Agar nomzod ingliz tilini bilish darajasi isbotlovchi quyidagi hujjatlardan biriga ega boʻlsa, ingliz tili testini topshirmaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi: Pearson PTE 30 yoki IELTS 4.5 yoxud TOEFL 32-34.

Dasturda ishtirok etishni istagan chet ellik nomzodlar uchun turar joy, roʻyxatdan oʻtishga yordam beriladi.

Ushbu kursda oʻqish narxi (kontrakt) qancha?

Oʻzbekistonda Xalqaro Foundation kursining oʻqish puli (kontrakt) – 2 600 funt sterling (taxminan 3400 AQSh dollari) ni tashkil etadi. (Angliyada bu kursda oʻqish kontrakti 8800 funt sterling, ya’ni taxminan 11400 AQSh dollariga teng).

Kursga roʻyxatdan oʻtish qachongacha?

Roʻyxatdan oʻtish 2019-yilning 30-yanvarigacha davom etadi.

Bepul seminar va ochiq eshiklar kuni qachon va qayerda boʻlib oʻtadi?

Kurs haqida batafsil maʼlumot bilan taʼminlash, barcha savollarga javob berish maqsadida GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti bepul seminar va ochiq eshiklar kuni tashkil etmoqda.

Seminar va ochiq eshiklar kunining boshlanish vaqti: 2019-yil 27-yanvar soat 15:30
Seminar oʻtkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 21, GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti.

Dasturda GRBS Xalqaro taʻlim tashkiloti asoschisi hamda tashkilotning top menejerlari shaxsan ishtirok etadi va qiziquvchilarning barcha savollariga javob berishadi. Seminar oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Seminar va ochiq eshiklar kunida kollej va maktab bitiruvchilar, ularning ota-onalari va boshqa barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Seminarda va ochiq eshilar kunida qatnashish uchun nima qilishim kerak?

Seminar va ochiq eshiklar kunida ishtirok etish uchun ONLAYN ARIZAni toʻldirib ROʻYXATDAN OʻTISH LOZIM. Oldindan roʻxatdan oʻtmaganlar ishtirok eta olmaydi. Onlayn ariza formasini to’ldirish uchun SHU YERGA kiring va sahifaning oxiriga tushing. Sahifa oxirida ariza formasi berilgan.

GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti rasmiy tashkilotmi?

Albatta. GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti rasmiy roʻyxatdan oʻtgan va qonuniy ravishda faoliyat olib boruvchi tashkilot. Jumladan, GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti Buyuk Britaniyada hukumat tashabbusi bilan 1966-yil tashkil etilgan NCC Education xalqaro taʼlim muassasasining Oʻzbekistondagi rasmiy hamkori hisoblanadi.

NCC Education xalqaro taʼlim muassasasi Buyuk Britaniyada ta’lim sifatini nazorat qiluvchi HUKUMAT IDORASI – Ofqual malaka va imtihon idorasi tomonidan sifatli bilim beradigan tashkilot sifatida e’tirof etilgan va akkreditatsiya qilingan.

Aytib oʻtish joizki, GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan oʻtgan Xaqlaro Foundation kursini oʻqitadigan Oʻzbekistondagi yagona taʼlim tashkilotidir.

Ulkan imkoniyatlar eshigini ochuvchi sifatli ta’lim orqali oʻz kelajagingizni quring!

Qoʻshimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: +998 78 129 19 19

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 21, GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!