×

Xorijda magistratura va undan keyingi bosqichlarda oʻqishni davom ettiruvchilar uchun: GRE!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

14883 marta

CHOP ETILGAN

18.10.2018

GRE (Graduate Record Examinations) – imtihonini topshirmoqchimisiz? Ushbu postda siz sinov haqida, qayerda va qachon topshirish mumkin, qanday baholanadi, narxi qancha, topshirish tartibi va hokazo haqidagi barcha kerakli maʼlumotlarni bilib olasiz.

GRE nima?

GRE (Graduate Record Examinations) —Educational Testing Services (ETS) tomonidan taqdim etiladigan AQSH, Kanada, Shveysariya, Avstraliya kabi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining aniq fanlar, iqtisodiyot, moliya va shu kabi yo’nalishlar bo’yicha magistratura va aspiranturaga hujjat topshirishda talabgor uchun zaruriy boʻlgan imtihon. GRE – yozma imtihon. U ishtirokchining verbal fikrlash, matematik hisoblash va analitik yozish boʻyicha bilim, malaka hamda koʻnikmalarini baholaydi. Agar SAT va ACT talabgorning bakalavr dasturlarini oʻzlashtirish uchun tayyorlik darajasini tekshirsa, GRE magistratura yoki biznes maktabida oʻqish layoqatini baholaydi. GREning GRE General va GRE® Subject Tests turlari mavjud.

GRE haqida qisqacha

Til – ingliz tili;
Hujjat topshirish onlayn roʻyxatdan oʻtish – mana bu yerda: My GRE;
Imtihon oluvchi markazlar haqida – batafsil mana bu yerda: http://www.ets.org/gre/revised_general/register/centers_dates/pdt_test_centers;
Tashkilotchi – Educational Testing Services (ETS);
Rasmiy sayt http://www.ets.org;
Nechta davlatda oʻtkaziladi – 160 dan ortiq;
Yilda necha marta oʻtkaziladi – kompyuter variantda yil davomida, qogʻoz variantda yilda 3 marta. Oʻzbekistonda 2018 yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida topshiriladi;
Imtihon haqi – 2018 yilning 1 iyul holatiga koʻra GRE General – 205 dollar, GRE ® Subject Tests – 150 dollar (tegishli soliq toʻlovidan tashqari);
Amal qilish muddati – 5 yil;
Davomiyligi – 3 soat 45 daqiqa;
Baholanishi – 130 dan 170 ballgacha;

Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin – Asosiy markaz Oʻzbekistonda mavjud emas. Lekin imtihon qabul qiluvchi qoʻshimcha markaz Toshkent shahrida «Micros” oʻquv markazida.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi 86-uy.
Maʼlumot uchun telefon: (+99871) 2003434, 1207135
Faks: (+99871) 2814365; Rasmiy sayt: https://micros.uz/.

Imtihon boʻlimlari

Verbal Reasoning (verbal fikrlash):

30 daqiqa umumiy vaqt beriladigan hamda 20 tadan savol mavjud boʻlgan ikki qismdan iborat. Boʻlim quyidagilarni baholaydi:

  • Toʻliq maʼlumotga ega boʻlmay turib xulosa chiqarish va baholash; notoʻliq variantdan sabablarni aniqlash; muallif tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan yoki toʻliq ochib berilmagan vaziyatlarni aniqlash; mazmunning aniq, obrazli va muallif nuqtai nazariga oid turli darajalarini tushunish;
  • Muhim momentlarni belgilash; major holatlarni va ikkilamchi yoki mos keluvchi vaziyatlardan ajrata olish; matnni umumlashtirish; matn strukturasini tushunish;
  • Matnda berilgan soʻzlash, gaplar va toʻliq matnni tushunish; soʻzlar va tushunchalar oʻrtasidagi farqni anglash.

 Boʻlimda 3 ta qism mavjud:

  • Text Completion. 1-3 ta soʻz tushirib qoldirilgan 3-5 ta gap beriladi. Ishtirokchi soʻzlar oʻrnini toʻldirishi kerak. Talabgor barcha soʻzlarni toʻgʻri qoʻyib chiqagina topshiriq bajarilgan hisoblanadi. Batafsil.
  • Sentence Equivalence. Bitta soʻz tushirib qoldirilgan bitta gap beriladi. 6 variantdan iborat boʻlgan javoblar beriladi. Variantlar ichidan aniq mos keladiganini topib, gapni toʻldirish lozim. Taqdim etilgan javob variantlari ichida sinonimlar yoki mos keladigan boshqa soʻzlar berilishi mumkin. Lekin notoʻgʻri javobdagi soʻz qoʻyilganda gapning mantiqiy mazmuni buziladi.
  • Reading Comprehension. Matn va matnga oid savollar beriladi. Matnlar turli mavzu, soha (tabiiy fanlar, ijtimoiy, gumanitar) boʻyicha va turli hajmda boʻlishi mumkin. Toʻliq tanishing.

Quantitative reasoning (matematik bo’lim):

Boʻlimga 35 daqiqa ajratilgan, u talabgorning maktabda matematika va tahlil boʻyicha olgan bilimlarini tekshiradi. Boʻlim ikki qismdan iborat va har bir qism boʻyicha 20 tadan quyidagi mazmundagi savollar beriladi:

  • Sonli axborotlarni tushunish, tahlil va talqin qilish.
  • Masalalarni matematik modellar yordamida yechish;
  • Arifmetika, algebra, geometriya va maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha elementar konsepsiyalar va koʻnikmalarni tadbiq etish.

Topshiriqlarni kompyuter variantida ishlash jarayonida ekran kalkulyatoridan foydalanishga ruxsat beriladi, agar qogʻoz variantida imtihon qabul qilinayotgan boʻlsa, test markazi kalkulyator taqdim etadi. Boʻlim va unda beriladigan masalalar haqida batafsil BU YERDA koʻrish mumkin.

Analytical writing (analitik yozish):

Boʻlim ishtirokchining berilgan topshiriqlar asosida oʻz mahorati va bevosita masʼuliyatni his qilgan holda aniq yoʻnaltirilgan javob berishni talab qiladi:

  • Murakkab gʻoyalarni aniq va samarali taqdim etish;
  • Gʻoyalarni munosib sabablar va misollar bilan qoʻllab-quvvatlash;
  • Eʼtirozlarni koʻrib chiqish va dalillar keltirish;
  • Munozarani maqsadli davom ettirish;
  • Yozma ingliz tilining standart elementlarini bilish.

Boʻlim ikki qismdan iborat:

  • Analyze an Issue – 30 daqiqa ichida esse yozish kerak. Batafsil.
  • Analyze an Argument – 30 daqiqa vaqt beriladi. Batafsil.

Kompyuter variantida olinadigan imtihonga ajratilgan vaqt, topshiriqlar soni haqida toʻliq SHU YERDA tanishing.

Qogʻoz variantda topshiriladigan imtihon topshiriqlari va ajratilgan vaqt kompyuter variantidan farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot bilan SHU YERDA tanishing.

GRE® Subject Tests – aniq bir fan yuzasidan quyidagi fanlardan biri boʻyicha oliy ma’lumoti bor talabgorlarga moʻljallangan:

  • Kimyo;
  • Biologiya;
  • Adabiyot (ingliz titlida);
  • Matematika;
  • Fizika;
  • Psixologiya

Batafsil.

Imtihon topshirish shakli va muddati

Deyarli butun dunyoda GRE kompyuter formatida topshiriladi. Odatda imtihon qabul qiluvchi markazlarda yil davomida sinovning aniq sanalarini eʼlon qiladilar. Lekin eng koʻp hujjat topshirish vaqti yoz va kuz fasllariga toʻgʻri keladi. GREning kompyuter formati mavjud boʻlmagan hududlarda imtihon qogʻoz variantda qabul qilinadi.

GRE uchun ariza topshirish

  • GRE imtihoni uchun arizani ETS tomonidan maxsus ishlab chiqilgan resurs – My GRE orqali berish mumkin;
  • Buning uchun akkaunt yaratish va axborotni taqdim etish yetarli;
  • Oʻzingiz istagan muddatda imtihon topshirishni istasangiz, 3-4 oy oldin onlayn roʻyxatdan oʻtgan maʼqul;
  • Imtihon haqini ISA ® , MasterCard ® , American Express ® , Discover ® , China Union Pay ® , Diners Club International ® ili JCB ® kredit va debet kartalarida, shuningdek, PayPal orqali boʻlash mumkin;
  • Imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun kompyuter variantda imtihon topshirish imkoniyati mavjud emas. Batafsil.

GRE topshirishga oid ixtiyoriy xarajatlar

  • Registratsiya uchun haq toʻlash kechiksa (qogʻoz variantda oʻtkaziladigan imtihon uchun) – 25 dollar;
  • Kutish rejimida imtihon oʻtkazilsa (pochta orqali yetkaziladigan variant uchun) – 50 dollar;
  • Imtihonni qayta rejalashtirish (Xitoyda) – 53,9 dollar;
  • Imtihonni qayta rejalashtirish (boshqa davlatlarda) – 50 dollar;
  • Imtihon qabul qiluvchi markazni oʻzgartirish – 50 dollar;
  • Imtihon sanasini oʻzgartirish – 50 dollar.
  • POWERPREP PLUS® Online, Ikkita amaliy test toʻplami – 39,95 dollar. Narxlar vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Narxlar bilan doimiy ravishda SHU YERDA tanishib borishingiz mumkin.
  • GRE ® General Test, uchinchi nashr – 40 dollar;
  • GRE ® Guide mobil ilovasi – 4,99 dollar.
  • Toʻplangan ball haqida qoʻshimcha maʼlumotnoma – 27 dollar;
  • Savol-javoblarni muhokama qilish xizmati (faqat Nyu York uchun) – 50 dollar;
  • Analitik yozishga qoʻyilgan baho haqida konsultatsiya – 60 dollar;
  • GRE® Subject Tests bali tahlili – 50 dollar;
  • Eskirgan maʼlumotlarni tiklash – 50 dollar.
  • Qoʻshimcha pulli xizmatlar bilan tanishing.

GREga tayyorgarlik koʻrish

Ballning qanchalik yuqori boʻlishi imtihonga tayyorgarlik sifatiga bogʻliq. Sinovga bepul va pulli tayyorlanish mumkin:

GREda natijalarni baholash

Verbal Reasoning va Quantitative Reasoning boʻlimlari 130 dan 170 ball oʻrtasida baholansa, Analytical Writing — 0 dan 6 balgacha. Oʻrtacha ball Sizning qaysi dastur uchun imtihon topshirganingizga qarab belgilanadi. Masalan, Yeledagi MBA dasturi uchun Verbal – 164, Quant – 162, Analytical Writing – 4,7 ball oʻrtacha hisoblanadi.

GRE natijalari qachon eʼlon qilinadi?

Kompyuter variantda imtihon topshirgan boʻlsangiz, natija ETSdagi akkauningizga sinovdan 10-15 kun keyin yuboriladi hamda Siz tanlagan oʻquv yurtiga ham shu vaqtda joʻnatiladi. Agar imtihonni qogʻoz variantda topshirgan boʻlsangiz, testdan 5 hafta oʻtib javoblarni olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!