×

Green Business Ideas Competition: startaplar uchun umumiy jamgʻarmasi 17 500 yevrolik tanlov!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

1489 marta

CHOP ETILGAN

06.06.2020

Qayerda: Onlayn

Kim uchun: Oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yoshlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: Aniq koʻrsatilmagan, 15-iyungacha hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi. Shuningdek, tashkilotchilar bilan bogʻlanib, aniq muddat haqida maʼlumot olish ham mumkin

Asosiy ma’lumot

ClimateLaunchpad atrof-muhitga ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi gʻoyasini amaliyotga tatbiq etish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish maqsadidagi tadqiqotchi, talaba, jamoat tashkiloti, maslahatchi, muhandislik kompaniyasi va tadbirkorlardan The Green Business Ideas Competition tanlovi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dasturda, shuningdek, tashkil etilganiga 12 oydan oshmagan va sarmoyasi 200 000 yevrodan kam boʻlgan korxonalar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda nomzodlar qayta tiklanadigan energiya, oziq-ovqat havfsizligi, shaharlarning kengayishi va urbanizatsiya yoki iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashning istalgan samarali usuli boʻyicha oʻzlarining innovatsion gʻoyalari hamda biznes rejalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

  • 1- bosqich: Online course & Boot Camp – ClimateLaunchpad tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik treningda nomzodga oʻz biznesini qanday boshlash haqidagi barcha bilimlar oʻrgatiladi.
  • 2- bosqich: Intensive coaching and National Finals (and if applicable Regional Finals) – nomzodlarga murabbiylik koʻrsatmalari beriladi va ular tanlovning milliy/mintaqaviy bosqichida qatnashadilar.
  • 3- bosqich: Global Grand Final – tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib, eng yaxshi ishtirokchilar tanlab olinadi va taqdirlanadi.

Ayni damdagi COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni hisobga olgan holda, bu yilgi tanlov onlayn tarzda oʻtkazilishi kutilmoqda. Dastur haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grantning manfaatli jihatlari

Tanlovda gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Birinchi oʻrin uchun 10 000 yevro
  • Ikkinchi oʻrin uchun 5 000 yevro
  • Uchinchi oʻrin uchun 2 500 yevro
  • Bundan tashqari tanlov finalida ishtirok etish uchun tanlab olingan eng yaxshi 16 ta jamoa Climate-KIC ClimateLaunchpad Accelerator biznes maktabida oʻqish huquqiga ega boʻladilar.

Nomzodga talablar:

  1. Nomzod Participating Countries roʻyxatida koʻrsatilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod atrof-muhitga ijobiy ta’sir koʻrsatuvchi gʻoyasini amaliyotga tatbiq etish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish maqsadidagi tadqiqotchi, talaba, jamoat tashkiloti, maslahatchi, muhandislik kompaniyasi yoki tadbirkor boʻlishi mumkin.
  3. Tashkil etilganiga 12 oydan oshmagan va sarmoyasi 200 000 yevrodan kam boʻlgan korxonalar ham dasturda ishtirok etishlari mumkin.
  4. Tanlovda nomzodlar qayta tiklanadigan energiya, oziq-ovqat zanjiriga barqaror oʻtish, shaharlarning kengayishi va urbanizatsiya yoki iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashning istalgan samarali usuli boʻyicha oʻzlarining innovatsion gʻoyalari hamda biznes rejalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil maʻlumot shu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni:

Dasturga arizalar SHU YERDA qabul qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Saida Yusupova

Green Business Innovation

E-mail: saidayusupova@gmail.com

Tel: +998903197721

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!