×

Tanlov: Huawei mahsulotlari uchun dizayn yarating va 20000 AQSh dollari mukofotga ega bo’ling


Grant

MUHLAT

01.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2421 marta

Huawei kompaniyasining THEME DESIGN AWARDS 2020 ijodiy ishlar (dizayn) tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi tanlovning mavzusi – «Visionary Art«. Tanlovning maqsadi mobil estetika kelajagini kashf qilish uchun iqtidorli ijodkorlarni birlashtirish. Tanlov tashkilotchisi hisoblangan Huawei kompaniyasining 170dan ortiq mamlakat va mintaqalarda 600 milliondan ortiq foydalanuvchilari bor bo’lib, tanlov orqali kashf qilingan iqtidorli ijodkorlar ushbu kompaniya mahsulotlariga yangicha ko’rinish berish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tanlovda 3ta yo’nalish mavjud:

  1. Mobile Themes
  2. Wallpapers
  3. Watch Faces

Tanlovda “cities” nomli kategoriya ham bor, ammo bu yo’nalish bo’yicha arizalar qabuli tugagan.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bosh mukofot (1 g’olib): 10000 AQSh dollari miqdoridagi pul + 10000 AQSh dollari miqdoridagi grant

Themes yo’nalishi bo’yicha mukofotlar:

1-o’rin (1 nafar g’olib): 6000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 10000 AQSh dollari miqdoridagi grant

2-o’rin (2 nafar g’olib): 3000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 5000 AQSh dollari miqdoridagi grant

3-o’rin (3 nafar g’olib): 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 3000 AQSh dollari miqdoridagi grant

Wallpapers yo’nalishi bo’yicha mukofotlar:

1-o’rin (1 nafar g’olib): 3000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 10000 AQSh dollari miqdoridagi grant

2-o’rin (2 nafar g’olib): 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 5000 AQSh dollari miqdoridagi grant

3-o’rin (3 nafar g’olib): 1500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 3000 AQSh dollari miqdoridagi grant

Watch Faces yo’nalishi bo’yicha mukofotlar:

1-o’rin (1 nafar g’olib): 3000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 10000 AQSh dollari miqdoridagi grant

2-o’rin (2 nafar g’olib): 2000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 5000 AQSh dollari miqdoridagi grant

3-o’rin (3 nafar g’olib): 1500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti + 3000 AQSh dollari miqdoridagi grant

Talablar:

  1. Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha ishtirok etishi mumkin.
  2. Tanlovga boshqa tanlovlarda g’olib chiqqan ishlar qabul qilinmaydi.
  3. Ishtirokchi Huawei kompaniyasi xodimi yoki xodimning yaqin qarindoshi bo’lishi mumkin emas.
  4. Nomzod tanlovga taqdim etgan grafik dizaynlarning PSD va AI formatli nusxalarini saqlab qo’yishi kerak.
  5. Taqdim etilgan rasmlar JPG formatida, kamida 3000 piksel va 20 MBdan oshmasligi kerak.
  6. Videolar MP4 yoki GIF formatida, 20 MBdan oshmaydigan va kompyuterlarda tahrirlanishi kerak.
  7. Bir ishtirokchi tomonidan bitta kategoriya bo’yicha 30 tagacha ish taqdim etilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2020-yil 1-iyulgacha bu yerda qabul qilinadi va natijalar 22-iyul kuni e’lon qilinadi.

Muammolar haqida va murojaatlar bilan hemeseu@huawei.com manziliga yozing. Tanlovda ishtirok etish oldidan rasmiy nizom bilan tanishib chiqing

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!