×

Grin karta («Green Card») sanalari va yangi talablar ma’lum qilindi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

37391 marta

CHOP ETILGAN

20.09.2019

«Green Card» lotereyasi oʻynash uchun talablar, roʻyxatdan oʻtish tartibi, sanasi va boshqalarni oʻz ichiga oluvchi rasmiy hujjat – yoʻriqnoma eʼlon qilindi.

Ushbu yo’riqnomadagi eng ahamiyatli ma’lumotlar quyidagilar:

  1.  «Green Card» lotereyasi 2019-yilning 2-oktyabridan 4-noyabrigacha o’ynaladi. Ariza topshirish muddatlari aynan mana shunday qilib belgilab qo’yilgan.
  2. Endi talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.
  3. Eng asosiy yangilik: Endi shaxsiy ma’lumotlarni to’ldirishda passport seriya raqami ham kiritilishi shart qilib belgilandi. Shu vaqtga qadar anketada bunday bo’lim yo’q edi. Ahamiyatlisi, u yerga international travel passport seriya raqami kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Ya’ni Oʻzbekiston uchun xorijga chiqish pasporti («qizil pasport») seriya raqami kiritilishi lozim.

Agar bu yil Grin karta lotereyasida ishtirok etmoqchi, biroq hali xorijga chiqish pasporti yoʻq bolganlarga xorijga chiqish pasporti uchun harakatni bugundanoq boshlayverish tavsiya etiladi.

Yoʻriqnima bilan SHU YERDA toʻliq tanishishingiz mumkin.

Manba: Floridiston kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!