Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan askarlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga kirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
2017-yil 17-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga asosan, har bir harbiy qismda yoshlar himoyachisi — boshlang‘ich tashkilot yetakchisi saylanadi hamda harbiylar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga kiradi.
Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Qurolli kuchlar tizimidagi oliy ta’lim muassasasiga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Manba: Daryo.uz