×

Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi: magistraturada oʻqishni istaganlar uchun 100% lik stipendiyalar


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

5963 marta

CHOP ETILGAN

02.11.2018

Qayerda: Rossiya, Moskva;

Hujjat topshirish: 28-fevral 2019-yil;

Kimlar uchun: magistraturada iqtisodiyot sohasi boʻyicha taʼlim olishni istaganlar uchun

Universitet haqida

“Iqtisodiyot Oliy maktabi” Milliy tadqiqot universiteti Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevroosiyoning yetakchi hamda yirik universitetlaridan biri boʻlib, butun dunyodan kelgan talabalar bakalavr, magistraturada rus va ingliz tillarida tahsil oladilar.

Universitet magistratura talabalari uchun 2 yillik stipendiyalar dasturlarini taqdim etadi.

Oliygoh bitiruvchilarining aksariyat qismi moliyaviy sektor, konsalting kompaniyalari, strategiya departamentlarida, yana bir qismi ishlab chiqarish va tadqiqot sektorida, axborot texnologiyalari, marketing va reklama sohalarida ishlaydilar. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni esa bitiruvchilar Harvard, U. Chicago, UCLA, Wharton, Stanford, Princeton, Berkeley, NYU, Brown, INSEAD, LBS, Bocconi kabi nufuzli universitetlar aspiranturasida davom ettirmoqdalar.

Taklif etilayotgan stipendiyalar quyidagi yoʻnalishlar uchun taalluqli:

*Dedlayn: alohida tanlov doirasida portfolio boʻyicha chet ellik talabalar uchun 100%lik stipendiya dasturiga hujjat topshirish muhlati 2019yilning 28fevraligacha;

*Dedlayn: alohida tanlov doirasida 50% va 25% lik stipendiya dasturlariga hujjat topshirish muhlati 2019-yilning 1avgustiga qadar.

Qanday hujjatlar va qay tartibda?

1. Avvalo, dastur tanlaymiz. Magistratura dasturlari bilan toʻliq tanishish va tanlash SHU YERDA.

2. Roʻyxatdan oʻtish:

  • Chet ellik abituriyent shaxsiy kabineti uchun login va parol onlayn-ariza qabul qilinganidan keyin, beriladi. Dastlabki ariza shaklini toʻldirganda koʻrsatilgan elektron pochtaga login va parol yozilgan xat kelib tushadi. Arizani koʻrib chiqish dam olish va bayram kunlari bilan birga hisoblaganda uch kun ichida amalga oshiriladi;
  • Chet ellik abituriyentning shaxsiy kabinetiga kirib, arizani toʻldirish kerak. Bunda barcha zaruriy maʼlumotlar maydonlari qizil yulduzcha bilan belgilangan;
  • Abituriyentlarni saralash taqdim etilgan portfolioga asosan amalga oshiriladi. Portfolioga qoʻyiladigan minimal talablar haqida batafsil SHU YERDA.
  • Deyarli barcha yoʻnalishlar uchun motivatsion xat yozib joʻnatish kerak boʻladi. Siz tavsiya etilgan motivatson xat blankidan foydalanishingiz yoki oʻz ixtiyoringizcha yozishingiz mumkin. Motivatsion xat blanki toʻrisida maʼlumot SHU YERDA.
  • Arizaga bilan birga joʻnatiladigan barcha maʼlumotlar PDF yoki JPEG formatida 15 mb dan katta boʻlmasligi kerak;

3. Arizani koʻrib chiqilishi. Arizangiz Rossiya hukumati stipendiyasiga nomzodingizni tavsiya etganingizni anglatgani uchun ham, uni koʻrib chiqishga masʼuliyat bilan yondashiladi. Muddat – 2018-yilning 15-noyabridan 2019-yilning 28-fevraliga qadar. Arizani koʻrib chiqishga standart 2 hafta ajratiladi;

  • Bundan soʻng, universitet komissiyasi bilan suhbatdan oʻtishga tayyorlaning;
  • Komissiya portfoliosi minimal talablarga javob bergan talabgorlar bilangina bogʻlanadi;
  • Onlayn ariza topshirayotganda bogʻlanish uchun manzil va skype manzilini toʻgʻri koʻrsating!
  • Suhbat natijalariga koʻra, abituriyenning byudjet, kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingani yoki sinovdan oʻtmagani haqidagi maʼlumotlar chet ellik abituriyentning shaxsiy kabinetda eʼlon qilinadi;
  • Agar ikkita magistrlik dasturini tanlagan boʻlsangiz, birinchisining inkor etilishi bilan ikkinchisi koʻrib chiqilishga taqdim etiladi.

4. Hujjatlar toʻplash (100% lik grant uchun):

  • Anketaning originali, yuqori chap burchagiga 3×4 formatdagi fotosurat yopishtirilgan va imzo chekilgan. Anketa formasi SHU YERDA;
  • Diplom nusxasi va notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • Tibbiy maʼlumotnoma (notarial tasdiqlangan va tarjima qilingan);
  • OITS va OIV yoʻqligi haqida rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan tibbiy maʼlumotnoma;
  • Rossiyaga chiqish uchun hujjatning nusʼhasi va rus tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlangani.

Hujjatlarni alohida papkaga yigʻib, quyidagi manzilga pochta orqali joʻnatish kerak: 101000, Москва, ул.Мясницкая, д.13, стр.4, оф.105, тел: +7 (495) 772-95-90 доб. 22807, Отдел по приему иностранных граждан. Hujjatlar haqida BATAFSIL.

  • Moskva yoki boshqa kampuslarga oʻqishga yetib kelishdan avval:
  • Yuqoridagi hujjatlarni yigʻib, shaxsiy kabinetning “Oʻqishga rozilik” boʻlimiga joylashtirish;
  • Diplomni legallashtirish (Oʻzbekistonlik abituriyentdan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, hujjatini legallashtirish talab etilmaydi);
  • Xorij maʼlumotini universitet qabul qiladigan hujjat sifatida tasdiqlatish (priznaniye). Jarayon yuzasidan savol tugʻilganda murojaat uchun: recognition@hse.ru. Bu haqida batafsil: SHU YERDA;
  • Viza rasmiylashtirish. Bu ish bilan Rossiya Fan va taʼlim vazirligi shugʻullanadi. Oʻzbekistonliklar uchun oʻquv vizasi rasmiylashtirish talab etilmaydi. Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA;
  • Agar byudjet asosida oʻqishga qabul qilinsangiz, chet ellik talabalarni oʻqishga qabul qilish va yotoqxonaga joylashtirish uchun 2019-yilning 20-avgust kuni Moskva shahri Myasniskaya koʻchasi, 11-uy, 3-qavat, 330-auditoriyaga borish kerak. Kerakli hujjatlar va muddatlar haqida SHU YERDA

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar (stipendiya dasturlari uchun):

  • Stipendiya magistraturaga oʻqishga kiruvchilar uchun beriladi (HSEga);
  • Iqtisodiyot Oliy maktabi magistraturasiga qabul qilingunga qadar bakalavr darajasiga ega boʻlishi;
  • Taʼlim rus tilida olib boriladi, lekin oʻquv adabiyotlari bilan tanishish va kurslarda ishtirok etish uchun ingliz tilini ham bilishi kerak.

Muhim: Qog’oz shaklidagi hujjatlar universitetga pochta orqali yuborlishidan oldin grantga onlayn ariza topshirish kerak bo’ladi. Onlayn arizani SHU YERDA topshirish mumkin.

Onlayn arizaga to’ldirishda quyidagi hujjatlar ham onlayn tarzda ilova qilinadi:

  • pasportning birinchi beti skaner nusxasi;
  • diplom ishi annotatsiyasi;
  • diplom va baholar varaqasining skaner nusxasi;
  • motivatsion xat (500 ta soʻz);
  • rezyume (CV);
  • ingliz tili sertifikati.

*Shuningdek, Iqtisodiyot Oliy maktabi tomonidan taqdim etiladigan boshqa stipendiya dasturlari haqida toʻliq SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!