O‘zbek tilining xalqaro baholash tizimi UzLISA (Uzbek Language International Standard of Assessment) yaratildi.
Ushbu tizim ingliz tilining IELTS (International English Language Testing System), koreystilining TOPIC (Test of Proficiency in Korean), yapon tilining JLPT (Japanese Language Proficiency Test) va boshqa tillarning baholash tizimlari bilan bir qatorda o‘zbek tili tarixida birinchi marta yo‘lga qo‘yilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilari Xabibullo Bakiyev, Gulruxsor Ergasheva va Odinaxon Saidahmedovalar tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini belgilab beruvchi xalqaro sertifikat UzLISA yaratildi. Sertifikat xodimlar tomonidan yaratilayotgan “O‘ZBEGIM” (O‘zbek tilini bosqichlashtirilg10an eshitish, gapirish, imlo va mutolasi) nomli dasturga asoslanadi. Dasturni mukammal va standartlarga mos ravishda o‘rganuvchilarga taqdim etish uchun ish qizg‘in davom etmoqda. O‘zbegim dasturi 2018 – yil yanvar oyidan joriy etilishi rejalashtirilgan.