×

Mudofaa vazirligida “Ikkinchi jahon urushi — xotiralarda” nomli ijodiy ishlar tanlovi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1373 marta

CHOP ETILGAN

09.04.2023

Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi — xotiralarda” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e’lon qildi.

Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida, shuningdek, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan hussasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik.

Tanlovda O‘zbekistondagi ixstisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari va o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov 2023-yildan boshlab har yili 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z ijod namunalari bilan 2023-yilning 1-may sanasiga qadar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (ariza); ariza shaklini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.
  • Pasport (ID-karta) nusxasi;
  • Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
  • 3×4 o‘lchamdagi 1 va 9×12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
  • Tanlovda ishtirok etayotganlar tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan toliq yakunlangan ijod namunasi (asar).

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga “tanlovga” degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:

100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.

Aloqa uchun telefonlar: (99) 860 18 87; (90) 909 94 70; (97) 707 15 12.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!