Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiyaning Istanbul tijorat universitetiga oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan tadqiqotchilarga 14 ta ixtisoslikdagi dasturlar boʻyicha kerakli mezonlarga javob beradigan 3 nafar talabgorga doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha 100 % hamda yana 3 nafar talabgorga 50 % miqdorida stipendiya berilishini eʼlon qildi.
Barcha nomzodlar PhD dasturlarida ishtirok etish uchun www.studyinturkey.gov.tr saytidagi shartlar bilan tanishib chiqishi hamda Turkiya oliy taʼlimidan keyingi taʼlim boʻyicha mavjud tadqiqot yoʻnalishlari va ilmiy faoliyatni boshlash uchun lozim boʻlgan ingliz va turk tilli supervayzerlarni (ilmiy rahbarni) topishi mumkin.
Istanbul tijorat universitetining ijtimoiy fanlar hamda aniq fanlar yoʻnalishlarida PhD bosqichi uchun alohida oʻrinlar tashkil qilinishi, buning uchun magistratura bosqichini tamomlagan nomzod tadqiqotchining Web of Science va Scopus maʼlumotlar bazasidagi nashrlarida 2 ta maqolasi chiqqan boʻlishi lozim.
Tadqiqotchilar uchun tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot yoʻnalishini (mavzusini) tanlash haqidagi maʼlumotlarni ISTANBUL COMMERCE UNIVERSITY – Study in Turkey saytidan olish mumkin.
Bundan tashqari, doktoranturaga ingliz tilidagi dasturlarga ixtisosligi boʻyicha 9 nafar, turk tilidagi dasturlarga ixtisosligi boʻyicha 5 nafar, jami 14 nafar tadqiqotchilar uchun kvotalar ajratilishi va bu tadqiqotchilar uchun universitet tomonidan kompus yotoqxonasi, xususiy yotoqxona yoki ijara uylarida turar joylari bilan taʼminlanishi aytilgan.
Ingliz yoki turk tilidagi PhD dasturlari yillik toʻlovi 5 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Istanbul tijorat universitetida 75%, 50% va 25%lik grantlar majud boʻlib, Vazirlik orqali ariza topshirgan talabgorlarga ustuvorliklar beriladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar 2022-yil 15-fevralgacha edu@mininnovation.uz elektron manziliga barcha xujjatlarni (pasport, diplom, diplom ilovasi va portfolio) taqdim etishingiz soʻraladi.
Murojaat uchun 71 203 3223 (242) raqamiga bogʻlanish mumkin.
Natijlar Inovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.