×

Innovatsion rivojlanish vazirligidan tanlov: mukofot – 10 000 000 so’mgacha!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2602 marta

CHOP ETILGAN

07.08.2020

Innovatsion rivojlanish vazirligi eng yaxshi jurnalistik maqolalar boʻyicha “Ilm-fan va taraqqiyot” mavzusida tanlov eʼlon qiladi

Tanlov maqsadi:

– Ilm-fanni targʻib qilish, yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish;

– Olimlar, tadqiqotchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish;

– Innovatsion rivojlanishda startaplarning oʻrnini yoritish.

Tanlov ishtirokchilari:

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari (bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio, Internet nashrlari va boshqalar) vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

– Oʻzbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida” hamda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, respublikada faoliyat yuritayotgan olimlar, startapchilar, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, yosh tadqiqotchilarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ilmiy, kasbiy faoliyatlarida roʻy bergan oʻzgarishlar haqida materiallar tayyorlash va ularni 15-avgustdan 15-oktyabrga qadar OAVda eʼlon qilish.

– Eʼlon qilingan materiallarning nusxasini material eʼlon qilgandan soʻng uch kundan kechiktirmay Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmatiga taqdim etish.

Gʻoliblarni taqdirlash:

Eng yaxshi telemateriallar (televideniye)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi radiomaterial (radio)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi material (bosma ommaviy axborot vositalari)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Eng yaxshi internet material (internet jurnalistika)

1-oʻrin – 10 000 000 soʻm

2-oʻrin — 5 000 000 soʻm

3-oʻrin – 2 000 000 soʻm

Tanlovda 2020-yil 15-avgustdan 15-oktyabrgacha ishtirok etish mumkin.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi “InnoWeek-2020” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida boʻlib oʻtadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati materiallarni tayyorlashda jurnalistlarga yordam berishga tayyor.

Maʼlumot uchun: +998 99 302-26-00, +998 97 131-36-96.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!