×

Talabalar uchun: Insholar tanloviga qatnashib, Samarqandga 7 kunlik bepul soyahat imkoniyatini qoʻlga kiriting!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2985 marta

CHOP ETILGAN

04.05.2021

Samarqand davlat universiteti Talabalarni qoʻllab-quvvatlash fondi granti asosida “Buyuk Ipak yoʻli xalqlarining madaniy va adabiy meʼrosi” nomli xalqaro insholar (esselar) tanlovi eʼlon qilindi. Insholar ingliz yoki rus tilida topshirilishi mumkin.

Tanlovda, Shimoliy va Lotin Amerikasidan tashqari, istalgan mamlakatda joylashgan oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari diplomlar, sertifikatlar, esdalik sovgʻalar hamda oliy mukofot sifatida 2021-yil avgust oyida Samarqandga toʻliq moliyalashtiriladigan 7 kunlik sayohatga yoʻllanma bilan taqdirlanadi (aviachipta, turar joy, oziq-ovqat, shahar boʻylab tur va boshqalar toʻliq qoplanadi).

Insho quyidagi mavzulardan birida yozilishi yoki erkin mavzuda yozilishi mumkin:

  1. The Great Silk Road is a phenomenon in world history and culture (Великий шелковый путь – явление в мировой истории и культуре).
  2. Cultural heritage of the Great Silk Road (Культурное наследие Великого шелкового пути).
  3. The Great Silk Road is a road of intercultural communication (Великий шелковый путь – это дорога межкультурного общения).
  4. The heritage of the Silk Road is the basis of social solidarity (Наследие Шелкового пути – основа социальной солидарности).
  5. The Silk Road is a path of regional and international cooperation (Шелковый путь – это путь регионального и международного сотрудничества).
  6. The Silk Road – as a mirror of intangible cultural heritage (Шелковый путь – как зеркало нематериального культурного наследия).
  7. The corridors of the Silk Road heritage – as the links of world civilization (Коридоры наследия Шелкового пути – как звенья мировой цивилизации).
  8. It is the duty of world thinkers to protect the cultural heritage of the Silk Road (Долг мировых мыслителей – защищать культурное наследие Великого шелкового пути).
  9. The movement of the intangible cultural heritage of humanity along the Silk Road (Движение нематериального культурного наследия человечества по Шелковому пути).
  10. The Great Silk Road as a ‘Road Map’ of cultural heritage (Великий шелковый путь как «дорожная карта» культурного наследия).
  11. The Silk Road is a highway of universal material and cultural heritage (Шелковый путь – это магистраль всемирного материального и культурного наследия).

Insho bochida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

  • ishtirokchining ism-familiyasi;
  • oʻqish joyi,
  • ishtirokchi davlati;
  • telefon raqami;
  • tanlangan mavzusi;
  • elektron pochta manzili;
  • yashash manzili.

Insho elektron formatda (MS Word yoki PDF) samarkandessay2021@gmail.com elektron manziliga 2021-yilning 10-mayiga qadar yuborilishi lozim.

Batafsil maʼlumot uchun murojaat: +998906575599

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!