×

Xorijda oʻqimoqchi boʻlganlar diqqatiga: 20 000 grant taklif etiluvchi va 500 dan ortiq oliygoh qatnashuvchi BEPUL koʻrgazmaga marhamat!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

899 marta

CHOP ETILGAN

16.03.2021

2021-yilning 25-martidan 3-aprelga qadar Xalqaro ta’lim onlayn ko’rgazmasi International Education Fair 2021 boʻlib oʻtadi.

Mazkur onlayn koʻrgazmada dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan 500 dan ortiq universitetlar ishtirok etadi.

Mazkur universitetlar bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi, til kurslari va boshqalar dasturlarda tahsil olish uchun 20 mingdan ortiq grant va stipendiyalar haqida maʼlumotlar beriladi.

Shuningdek, ishtirokchi universitetlarning rasmiy vakillaridan qabul jarayoni, topshiriladigan hujjatlar toʻplami, har bir oliy oʻqub yurtiing ijobiy va noqulay tomonlari kabi maʼlumotlarni olishingiz, oʻzingiz qiziqtirgan savollarni soʻrashingiz mumkin.

Koʻrgazmada quyidagilar qatnashishi mumkin:

  • Abituriyentlar
  • Talabalar
  • Maktab oʻqituvchilari
  • Yuqorida sanalganlarning ota-onalari
  • Mutaxassislar
  • Ekspertlar

Koʻrgazma onlayn tarzda oʻtkaziladi va unda ishtirok etish BEPUL. Ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. BU YERDA koʻrgazmada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Batafsil tanishish uchun koʻrgazmaning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!