×

International Union V Conference: Yoshlar uchun Xalqaro konferensiya!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

7798 marta

CHOP ETILGAN

15.06.2019

Qayerda: Toshkent, Oʻzbekiston

Kim uchun: Talabalar va 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha uchun

Ariza topshirish muddati: 2019-yilning 13-avgustigacha

Asosiy ma’lumot: “Xalqaro Beshlar Ittifoqi” anjumani (International Union V Conference) 4 xalqaro tashkilot va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi simulyatsiyasi hisoblanadi. Konferensiya umumjahon hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan kurashadigan xalqaro miqyosida tan olingan tashkilotlarning modelini yoshlar tomonidan talqin etuvchi xalqaro konferensiya sifatida tan olingan.

Konferensiyaning asosiy maqsadi yoshlarni xalqaro qonunchilik tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy ongi va salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi yo’lida munosib hissa qo’shishiga munosib avlodni voyaga yetkazish yo’lidagi sa’y-harakatlarini rag’batlantirishdan iborat.

Konferensiya 2019-yilning 27-28-29-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.

Anjuman doirasida quyidagi tashkilotlar modellashtiriladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi (O’zbek tilida)
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (Ingliz tilida)
  • Yevropa Ittifoqi (Ingliz tilida)
  • Jahon banki (Ingliz tilida)
  • Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (Rus tilida)

Anjumanga jalb etilishi kutilayotgan ishtirokchilar soni nechta?

Jami ishtirokchilar soni – 450 nafar. Ulardan 250-nafar ishtirokchi butun dunyo mamlakatlari yoshlaridan iborat bo’ladi. 200-nafar yoshlar O’zbekiston Respublikasining turli hududlaridan viloyatlar kesimida saralab olinadi.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo’lishadi?

  1. Uch kun davomida xalqaro anjumanda to’la qonli ishtirokchi sifatida qatnashish.
  2. Uch kun davomida tushlik va coffee break bilan ta’minlanadilar.
  3. Anjumanning har bir ishtirokchisi uchun taqdim etiladigan anjuman materiallari: beydjik, daftar, ruchka, papka va maxsus sumka bilan ta’minlanadilar.
  4. QR Code bilan litsenziyalangan va patentlangan Xalqaro Sertifikat.
  5. Xalqaro Beshlar Ittifoqi anjumani Prezidenti tomonidan ingliz tilida yozilgan tavsiyanoma.
  6. “BOOM” ijtimoiy bazmi va “Birlashgan Yoshlar” madaniy kechasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Konferensiyada 18-30 yosh orasidagi talaba va yoshlar qatnashishi mumkin
  • Nomzod ingliz, rus yoki o’zbek tillaridan birida mukammal so’zlashish imkoniga ega bo’lishi lozim
  • Nomzod iqtisodiyot, siyosat, huquq va turizm sohalariga qiziqishi bo’lishi lozim
  • Nomzod Konferensiya kunlari (27-28-29-sentabr, 2019) Toshkent shahrida bo’lishi kerak.

Qanday qilib “Xalqaro Beshlar Ittifoqi” anjumani ishtirokchisiga aylanish mumkin?

  1. Ariza shaklini to’ldiring.
  2. Arizangiz bo’yicha yakuniy natijalarni 2 kun ichida qabul qiling
  3. Elektron pochtangizga kelgan ko’rsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov badalini amalga oshiring
  4. To’lov to’g’risidagi ma’lumotni telegram orqali +998 99 535 13 97 raqamiga (telegram akkaunt: @unionvuzb)yuboring
  5. Tashkilotchilar tomonidan to’lovingiz o’tkanligi tasdiqlanganidan so’ng, tashkilotchilar sizni anjumanning maxsus Telegram guruhiga qo’shishadi.

Anjumanda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov miqdori qancha?

  • Mahalliy delegatlar uchun ishtirok etish narxi: 160.000 so’m
  • Xalqaro delegatlar uchun ishtirok etish badali: 50.00 AQSH dollarini tashkil etadi.

Qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lish uchun quyidagi relegram raqamiga xabar yo’llashingiz mumkin:
+998 99 535 13 97 (telegram akkaunt: @unionvuzb)

Eslatma: “Xalqaro Beshlar Ittifoqi” anjumani tashkilotchilari viloyatdan tashrif buyuradigan va turli davlatlardan keladigan yoshlar, ishtirokchilar uchun yotoqxona bilan ta’minlamaydi. Ammo, qulay narxlarda mavjud bo’lgan mehmonxonalarni tavsiya etishadi.

Anjuman ishtirokchisiga to’lov badalini to’lamasdan ishtirok etish imkoniyatlari mavjud bo’lib, bu imkoniyatga tashkil etiladigan turli aksiyalarda ishtirok etish orqali qoʻlga kiritish mumkin. Aksiyalardan muntazam xabardor boʻlib borish uchun konferensiyaning quyidagi 2 ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring:

Instagram: https://www.instagram.com/unionvuz/

Telegram kanal: https://t.me/unionvuz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!