×

Barcha xarajatlari qoplanadigan robototexnika musobaqasi ilk bor Toshkentda!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2227 marta

CHOP ETILGAN

27.09.2018

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi “INNOWEEK” innovatsion haftaligi doirasida birinchi bor Xalqaro robototexnika musobaqasi “International Robotics Challenge”ni (IRC) o’tkazadi. Musobaqa 2018-yilning 23-26-oktabr kunlari Toshkent shahri O’zekspomarkaz” ko’rgazmalar majmuasida bo’lib o’tadi. Musobaqada 2 xil yosh kategoriyalari: 9 yoshdan 16 yoshgacha (U16) va16 yoshdan 25 yoshgacha (16+) mavjud bo’lib, har bir yosh kategoriyasida bir nechta yo’nalishlar mavjud.

U16 yosh kategoriyasidagi musobaqalar yo’nalishlari:

– Lego sumo

– Lego short track

– Arduino sumo

– Mahalliy konstruktor yordamida o’tkaziladigan musobaqa

 

16+ yosh kategoriyasidagi musobaqalar yo’nalishlari:

– Arduino sumo

– Mahalliy konstruktor yordamida o’tkaziladigan musobaqa

 

IRC musobaqasidan maqsad yoshlar orasida intellektual salohiyatni rivojlantirish bilan innovatsion texnologiyalar va tadbirkorlikni ommalashtirish, ta’lim va sportga ixtisoslashgan robototexnika sohasini O’zbekistonda rivojlantirishhamda yoshlarni ilg’or va innovatsion texnologiyalarga qiziqtirish .

Musobaqada kim qatnashishi mumkin?

IRC barcha qatnashchilar uchun ochiq. Har bir musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni cheklangan. Har bir jamoada eng ko’pi bilan 3 ta a’zo bo’lishi mumkin va o’z yosh kategoriyasidagi barcha musobaqalarda qatnashish imkoniyati mavjud. Barcha qatnashuvchi jamoalar Toshkent shahriga eng kechi bilan 22-oktabrda yetib  kelishlari kerak.

Tashkilotchilar nimani qoplab beradi?

Musobaqa qatnashchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

– viloyatdan va chet eldan keladigan qatnashchilar uchun 4 kunlik (23-26 oktabr) turar joyi tashkil qilinadi;

– musobaqa kunlarida ovqatlanish (nonushta va tushlik) tashkil qilib beriladi;

– Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Toshkent Vokzalidan olib ketish va qaytib olib kelish uchun transport (xalqaro va viloyatdan kelgan qatnashchilar uchun) hozirlanadi;

– “O’zekspomarkaz” ko’rgazmalar saroyiga olib kelish va qaytib olib ketish uchun transport (xalqaro va viloyatdan kelgan qatnashchilar uchun) tashkil qilinadi.

 

* Xalqaro va regional qatnashchilar Toshkentga kelishga  o’zlari mas’uldirlar va yo’lkira xarajatlarini o’zlari qoplashlari kerak. Viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yordam berishi ko’zda tutilgan.

G’oliblar qanday taqdirlanadi?

G’olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar va ularda xalqaro arenalarga chiqish imkoni paydo bo’ladi.

Qanday hujjat topshiriladi?

Musobaqada qatnashish uchun 2018-yil 10-oktabrgacha onlayn ariza topshirish kerak.

Batafsil ma’lumot uchun +998909750666 va +998909225557 raqamlariga yoki irc@mininnovation.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!