×

ISFT: Oʻzbekistonda ACCA kvalifikatsiyasiga talab bormi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4717 marta

CHOP ETILGAN

07.09.2020

International School of Finance & Technology (ISFT) biznes-maktabi ikkita darajani bir vaqtda olish imkoniyatini taklif qiladi: ACCA kvalifikatsiyasi mutaxassisi xalqaro sertifikatini, shuningdek, Britaniyaning Oxford Brookes universiteti bakalavri diplomini.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 12-sentyabr 3270-sonli va 2020-yil 24-fevraldagi 4611-sonli farmonlariga muvofiq, bank xodimlarini buxgalterlarni tayyorlash boʻyicha xalqaro ACCA dasturi boʻyicha oʻqitish banklar tomonidan 2018-yildan boshlab oʻtkazilishi koʻzda tutilgan tadbirlar toʻplamiga kiritilgan.

Ushbu toʻplam Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ilgʻor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasiga kiritilgan. Mazkur farmonning 30-bandida tijorat banklari tomonidan rivojlanishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishga katta urgʻu berilgan.

2021-yil 1-yanvardan jamoatchilik qiziqishini taqdim etadigan (aksionerlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar qatoriga kiritilgan yuridik shaxslar) maʼlum yuridik shaxslar roʻyxati MHXSni majburiy qoʻllashga oʻtishadi. Ushbu shaxslar 2021-yil oxiriga qadar MHXSni sifatli qoʻllash uchun, 3 nafar mutaxassisdan kam boʻlmagan, yetarli darajadagi buxgalteriya xizmatlari xodimlari bilan taʼminlashlari kerak”, — deb xabar bermoqda Oʻzbekiston moliya vazirligi.

‒ ACCA bu nima?

ACCA — bu moliya va hisob sohasidagi professionallarning global assotsiatsiyasi. Assotsiatsiya biznesda kerakli boʻlgan koʻnikmalarni inobatga olib, muvaffaqiyatli karyera qurishga yordam bergan holda, 181 davlatdan 227 000 nafar aʼzo va 544 000 nafar talabalarni birlashtiradi.

ACCA dunyoning 101 davlatida ofislarga va 7292 nafar akkreditatsiyadan oʻtgan ish beruvchilarga ega. Shuningdek, ACCA xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini nashr etuvchi yetakchi tashkilot boʻlgan IFRS kengashi bilan bevosita koordinatsiya qiladi.

ACCA kvalifikatsiyasining mavjudligi moliyaviy mutaxassislarga istalgan sohada muvaffaqiyatli karyera qurishga yordam beradi: ular davlat yoki xususiy sektorda hamda xorijiy kompaniyalarda ishlashlari yoki oʻz bizneslari bilan shugʻullanishlari mumkin.

‒ ACCA dasturi boʻyicha oʻqish paytida ilmiy daraja olish mumkinmi?

2016-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan International School of Finance & Technology (ISFT) bir vaqtning oʻzida ikkita daraja olish imkoniyatini taklif qiladi:

– Oxford Brookes Angliya universitetining bakalavr diplomi (akademik daraja);

– ACCA kvalifikatsiyasi mutaxassisi sertifikati (xalqaro buxgalteriya va moliya sohasidagi professional daraja).

“Bitta diplomning oʻzi yetarli emas. Sifatli bilim va tajriba kerak” — bu OTMni tugatgan deyarli har bir bitiruvchi ishga kiradigan vaqtida eshitadigan gap.

‒ Buning sababi nimada?

Gap shundaki, mehnat bozorining zamonaviy haqiqatlari ishga joylashish uchun oʻz talablarini belgilab beradi, bunda kasbiy mahorat va amaliy bilimlar universitetda oʻrganilgan darsliklarning standart nazariy mazmunidan ancha yuqori baholanadi.

Qayta oʻqitishni va ish muhitiga moslashishni talab qilmaydigan tayyor kadrlar — bizning davrimizdagi ish beruvchilarga aynan shunday odamlar kerak!

‒ Bakalavriat boʻyicha oʻqish vaqtida yetarli amaliy tajriba olishning imkoni bormi?

ISFT talabasi ACCA dasturi boʻyicha ingliz tilida oʻqitiladi va olingan bilimlar Oʻzbekistondagi banklar va buxgalteriya korxonalari tomonidan taklif qilingan amaliyot paytida qoʻllaniladi. Shunday qilib, nazariya amaliyot bilan birlashtirilib, oʻquv jarayonida talabaning kasbiy mahoratini rivojlantiradi, uning sifati esa oʻqish tugagandan soʻng tegishli daraja bilan tasdiqlanadi.

‒ Nima uchun boshqa taʼlim muassasalari bilan taqqoslaganda ISFT noyob hisoblanadi?

Taʼkidlash joiz, oxirgi vaqtlarda ACCA dasturi asosida oʻqitadigan bir qator davlat va xususiy markazlar ochildi.

ISFT Oʻzbekiston moliya tizimining MHXSga oʻtish zarurligini oldindan bilib, bu yoʻnalishda 2016-yildan harakat qila boshlagan. Ayni paytda ISFTʼda tahsil olayotgan talabalar soni 1500 kishidan oshdi va boʻlgʻusi birinchi bitiruvchilar oʻzlarining diplom ishlarini yozish jarayonida.

ISFTʼning asosiy xususiyatlaridan biri bu xalqaro dastur boʻyicha yuqori sifatli oʻqitishning arzon narxi, hamkorlarning turli xil homiylik dasturlari va talabalarni oʻquv toʻlovlaridan toʻliq ozod qiladigan taʼlim grantlari.

‒ Hujjatlarni qanday qilib topshirish mumkin?

Qabul boshlangan! ISFT hujjatlarni qabul qilish uchun elektron platformadan foydalanadi. 2-sentyabrdan boshlab siz quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz va hujjatlarni topshirishingiz mumkin: www.admission.isft.uz.

7-sentyabrdan boshlab abituriyentlar oʻquv kampusimizga tashrif buyurib, hujjatlarni shaxsan topshirishlari mumkin: Universitet koʻchasi, 2 (isft.uz/contacts).

‒ ISFT bilan qanday qilib bogʻlanish mumkin?

Call Centre: +998 78 147 37 37

Ish tartibi: Dushanba-juma – 9:00-17:00; shanba – 9:00-14:00.

Telegram: @isftash

Instagram: @isf.tash

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!