×

Adliya vazirligdan jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1097 marta

CHOP ETILGAN

24.05.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovini eʼlon qildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:

  • “Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
  • Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi blogpost uchun”;
  • “Adliya eʼtirofi”.

Tanlov ishtirokchilari: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xususan, jurnalistlar, foto-jurnalistlar va blogerlar.

Tanlov shartlari:

  • tanlovga taqdim etiladigan 2021-yilning I choragida (yanvar, fevral va mart) bosma yoki elektron OAVda, tele-radioefirlarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan boʻlishi lozim;
  • ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa, roman, doston) qabul qilinmaydi;
  • har bir ishtirokchidan 3 tagacha material qabul qilinadi;
  • tanlov tili – oʻzbek va rus.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yilning 20-may kunidan 20-iyun kuni soat 23:59 gacha quyidagi hujjat va materiallar tanlov@adliya.uz elektron pochtasiga yuboriladi:

  1. Ishtirokchi haqida maʼlumot;
  2. Ishtirokchining fotosurati;
  3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/video/fotofayl, faylning oʻzi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola).

Barcha materiallar eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Gʻoliblar esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlov gʻoliblari “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida eʼlon qilinadi.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!