×

Janubiy Koreyada imtihon kuni: na pashsha va na samolyot uchadi


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

4732 marta

CHOP ETILGAN

15.12.2017

Har yili noyabr oyida Janubiy Koreyada hayot deyarli butunlay harakatdan to’xtaydi: elektr poyezdlari kechiktiriladi, birja savdolari kechiktiriladi, samaliyotlar aeroportlardan uchaolishmaydi.

Bu – Kollejga o’qishga kirish uchun Yagona imtihon (School and College Ability Test – SCAT) topshirish kunidir. Bu universitetda o’qishni orzu qiladigan maktab o’quvchisi uchun o’zi xos “X kun”dir. Yaxshi universitetda – birinchi yigirmatalik universitetlarida o’qishni esa hamma orzu qiladi.  Bu yil yagona imtihon 16-noyabrga mo’ljallangan edi, biroq zilzila tufayli bir haftaga kechiktirildi.  Bunga Janubiy Koreyaning janubiy-sharqiy qismida 5,4 magnitudali yer osti zilzilalari qayd etilgani sabab bo’ldi.

Tarixda ilk marotaba tabiiy ofatlar sababli  imtihon qoldirildi: Xalq ta’lim vazirligi zilzila yaqinidagi maktab binosida imtihon topshirish xavfli ekanligi va buning natijasida hamma uchun teng sharoitlar yaratib bo’lmasligini ma’lum qildi.

Odatda, tabiiy ofatlar bo’lmagan vaqtda, hukumat yagona imtihon kuni barcha kuchlarini  imtihon topshiruvchi talabalar uchun qulay va teng muhit yaratishga safarbar etadi.

Barcha davlat tashkilotlari: Ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga va Adliya vazirligidagi barcha bo’limlar maxsus topshiriq bo’yicha ishlaydilar. Koreya fond birjasi va Koreya banklar federatsiyasi ham – bolalarning hayotidagi eng muhim kunlarda o’z yurtining kelajagi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qiladilar.

Favqulodda vaziyatdagi parvozlardan boshqa barcha barcha aviareyslar bekor qilinadi

Janubiy Koreya Yagona imtihon testi dunyodagi eng qiyin imtihonlardan biri hisoblanadi. O’zbekistondagi 1-avgust kunidagi  imtihon singari barcha fanlar bo’yicha bir vaqtning o’zida blok tarzida imtihon kitobchalari tarqatiladi va bir kun ichida topshiriladi.

Imtihon natijada olingan baho o’quvchilarga nufuzli universitetlardan birining eshiklarini ochishi mumkin va bu yanada muvaffaqiyatli hayotga ega bo’lish, yanada farovon turmush tarzida yashash uchun imkoniyatdir.

Janubiy Koreyada odamlar bu imtihon kuni yosh yigit yoki qizning kelajagi qanday bo’lishi haqida qaror qilinadi deb ishonishadi

Bundan tashqari, imtihon mamlakatdagi eng katta voqealardan biri hisoblanadi: 24-noyabr juma kuni 1180 ta imtihon topshirish markaziga 593 ming o’quvchi tashrif buyurdi. Har bir imtihon topshiruvchi materiallar, oziq-ovqat, issiqlik, xavfsizlik va albatta tinchlik bilan ta’minlanadi.

Sinov kunidagi eng radikal-keskin chora – favqulodda holatlardan tashqari barcha samolyotlarning uchish va qo’nishiga qo’yilgan ta’qiqdir.

Umummilliy “sukut” vaqti 35 daqiqa davom etadi, bu imtihonning ingliz tilidagi matnni “eshitib tushunish” bosqichi bo’lib, sinovning bu qismi butunlay sukut qilishni talab qiladi va butun mamlakat bo’ylab jimlik hukmronlik qiladi.

Transport vazirligining buyrug’iga binoan, imtihon vaqtda  osomonda bo’lgan samaliyotlarga uch kilometrdan kam bo’lmagan balandlikka tushish ta’qiqlanadi. Bu yil buning natijasida 62 samolyot va 36 ta xalqaro reysning yo’lovchilari kutishlarga to’g’ri kelgan.

Rasmiy Seul ushbu cheklovlardan barcha aviatashuvchilarini NOTAM (Notice to Airmen)- parvozlar holatiga oid tezkor xalqaro xabarnomalar tizimi orqali rasman xabardor qiladi.

Imtihon savollarini tuzuvchilar “qamaladi”

Imtihonda beriladigan savollarni qanday sir saqlash mumkin? Axir u savollarni ham kimdir tuzadiku. Bizning yurtimizda har yili “X variant” degan so’zlarni ko’p eshitamiz. Janubiy Koreyaliklar “X variant”larga qarshi qanday kurashadi?

Har yili imtihon uchun savollar va mashqlarni tayyorlaydiganlar tashqi dunyodan ajratib turiladi. Imtihon topshiriqlari tuzilgan binolarning joylashgan joyi sir saqlanadi.

Barcha texnik xodimlar ham imtihon tuzuvchilar bilan birgalikda “qamalga” holatda saqlanadilar. Ular shu binoda ovqatlanadilar, uxlaydilar.

Axborot tashqariga chiqishini oldini olish maqsadida imtihon materiallarini tayyorlash markazlarida barcha aloqa kanallari o’chirib qo’yiladi. Faqat o’ta favqulodda vaziyatda-yaqin qarindoshi vafot etadigan bo’lsagina, binodan chiqish mumkin. Boshqa holatlarda, hatto tozalovchi xonim ham binoni tark etaolmaydi. Hattoki, xodim kasallik natijasida o’lim yoqasida qolsa ham, uning bir o’zini tashqariga chiqarmaydilar, bunday vaziatda maxsus agent shifoxonaga olib borib keladi.

Bu yil imtihon materiallarini tayyorlash 13-oktyabrdan boshlandi va ta’lim tizimida 700 kishi alohida rejimda imtihon yakuniga qadar saqlab turildi.

Dastlabki imtihon 16-noyabrga belgilanganligi sababli ular o’sha kuni “ozodlikka” chiqish uchun tayyorgarlik ko’rishgan edi. Biroq zilzila sababli hukumat imtihon kunini haftaga qoldirildi. Bir oydan ko’proq vaqt mobaynida ularning tashqi dunyo bilan aloqasi umuman yo’q edi  va tashqaridan olingan yagona “yangilik” bu ularning “qamoq”da qo’shimcha saqlanishi haqidagi xabar bo’ldi.

O’zbekistonda bo’lgani singari, hattoki jiddiy sabablar bo’lsa ham, bir yilda imtihonni qayta topshirish yoki boshqa kunga topshirishga hech qanaqasiga ruxsat etilmaydi,

Eshiklar yopiladi va matn ochildi ish o’rinlari bo’ladi shogirdi on imtihon markaziga borish uchun vaqt bo’lishi kerak. Buyurtmani o’n minglab politsiyachilar va o’t o’chiruvchilar kuzatadilar. Lekin ular buzilishlarni to’xtatish uchun emas, balki talabalarga qanchalik yordam berishga chaqiriladi.

Barcha o’quvchilar eshiklar yopilgunga va imtihon kitobchalari ochilgunga qadar imtihon topshirish markazlariga kirishga ulgurishlari kerak. Bu kunda o’ng minglar politsiyachilar va o’t o’chiruvchilar safarbar etiladilar, ular bu kunda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun emas, balki imtihon topshiruvchilarga ko’maklashishga xizmat qiladilar.

Chiroqlar yonib turga joyga boring

Mabodo yo’lda biror o’quvchi adashib qolsa, imtihonga kirish varaqasi (o’quvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ni yo’qotib qo’ysa yoki uyida qoldirgan bo’lsa, imtihondan avval “imtihon politsiyasi” alohida xodim va mashina ajratadi. Patrul o’quvchini uyidan hujjatni olib kleib beradi yoki adashib qolgan o’quvchini imtihon topshirish markaziga eltib qo’yadi.

Har yili televideniya orqali, imtihon topshirish markazi tomon politsiya mashinasidan tushib yugurayotgan o’quvchilarni namoyish etadi. Qoida barcha uchun barobar – u eshik yopilgunga qadar ulgurishi kerak, hukumat ham buning uchun barcha yordamni ko’rsatadi.

Bu yil 18 mingdan ziyod politsiya xodimi imtihon topshirish markazlari joylashgan binolarni, kovertlarda imtohon savollari olib o’tiladigan yo’nalishlarni, imtihon natijalari e’lon qilinadigan-osiladigan joylarni qo’riqladi.

Bundan tashqari, bu choralardan tashqari – politsiya favqulodda vaziyat rejasini amalga oshirdi va maxsus jangovar kuchlar tayyor holatga keltirildi.

Jamoat transporti ham kuchaytirilgan holatda o’tkazildi. Seul shahar ma’muriyati poyezdlar va avtobuslarga o’quvchilarning harakatlanishiga sharoit yaratish maqsadida yo’llarni vaqtidan erta bo’shatishni buyurdi. Qo’shimcha taksilar, minglab davlat va shaxsiy mashinalar o’quvchilarni imtihon topshirish markazlariga bepul yetkazib qo’yish uchun shay holatda ushlab turildi.

Barcha birja savdolari kutib turadi

Hattoki, har bir soniyada millionlab dollarlar yo’qotish mumkin bo’lgan moliyaviy bozorlar ham bir muddat harakatdan to’xtaydi.  Eng yirik Koreys fond birjasi (KOSPI indeksi bo’yicha 1,6 trillion AQSH dollari miqdorida aksiyalar savdosi amalga oshiriladi) bu kunda bir soat kech ish boshlaydi.

Koreya banklari federatsiyasi, juma kuni (imtihon kuni) ertalab transportda yo’lovchilar oqimi oshishini inobatga olgan holatda bank xodimlari ish vaqtini ertalab to’qqizdan kechki  to’qqizgacha o’zgartirdilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!