×

Janubiy Koreya: Kongju milliy universitetiga suhbat asosida qabul e’lon qilindi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

661 marta

CHOP ETILGAN

07.09.2023

Janubiy Koreyaning Kongju milliy universitetiga 2023-24 yillar uchun qabulni eʼlon qilindi. Talabalar suhbat asosida qabul qilinadi.

Ushbu universitetga viza chiqishi ehtiholi yuqori hisoblanadi.

Qabul talablari quyidagicha:

  • KNU D-4 (koreys til kursi)  2023-yil qishki qabul uchun TOPIK 1/2 va undan yuqori daraja talab etiladi.
  • KNU D-2  Bakalavr, Magistrstura va PhD bosqichlariga 2024-yil bahorgi qabul uchun TOPIK 3/IELTS 5.5 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Yo’nalishlar:

  • Bakalavriat uchun IELTS bilan faqatgina «International Trade» yo’nalishi ochiq.
  • Magistratura va PhD uchun barcha yo’nalishlar ochiq, ammo darslar 100% ingiliz tilida bo’lmaydi (50/50 ingliz va koreys tilida).

KNU professorlari quyidagi sanalar bo’yicha viloyatlarga tashrif buyurib, talabalarni suhbat orqali qabul qiladi:

  • Samarqand – 2023-yil 13-sentabr
  • Toshkent – 2023-yil 14-15 sentabr

Suhbat jarayonlarini tashkil qilish va oʻtkazishga Oʻzekistondagi “Silk Road Academy” markazi yordam beradi.

Suhbatda qatnashmoqchi boʻlganlar 2023-yil 12-sentabr 16:00 gacha roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:

+998952620505
+998902839806

Telegram orqali murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!