×

Janubiy Koreyaga o’qishga borishda qanday qilib viza olinadi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

17281 marta

CHOP ETILGAN

16.02.2019

Hammaning ham hayotda o’z maqsadi, o’ylagan niyatlari bo’ladi. Shulardan biri bu – chet davlatda o’qish. Shu bugungi kunda ko’plab yurtdoshlarimiz Janubiy Koreya davlati o’quv dargohlariga hujjatlar topshirib, o’qishga qabul qilinganliklarini, mart oyidan o’qish boshlanishini, lekin viza masalalarida ba’zi muammolarga duch kelayotganliklari sabablari visa olish bo’yicha ma’lumot berishdan boshlashni lozim topdik.

Koreya Respublikasining elchixonasi rasmiy saytida viza olish uchun kerakli hujjatlar ro’yxati berilgan. Mana o’sha ro’yxat:

Lekin bu ro’yxatdagi hujjatlar o’qish vizasi olish uchun yetarli emas. Quyida zarur hujjatlarning to’liq ro’yxatini taqdim qilamiz:

1.  O’qishga qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotnoma (CERTIFICATE OF ADMISSION).
2.  Imtiyozli (stipendiya asosidagi) qabul qilingan bo’lsa shu haqidagi ma’lumotnoma (CERTIFICATE OF SCHOLARSHIP) yoki o’qish puli to’langanligi to’g’risida hujjat (CERTIFICATE OF TUTION PAYMENT).
3.  CERTIFICATE OF BUSINESS REGISTRATION (Sizni o’qishga qabul qilgan universitet yoki oliygohning Koreya davlatida ro’yxatdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjat).

Yuqoridagi uchta hujjat sizni o’qishga qabul qilgan davlat tomonidan pochta orqali yuboriladi. Agar siz o’qishga hujjatlaringizni jo’natganingizdan keyin CHETGA CHIQISH PASPORTI olgan bo’lsangiz va CERTIFICATE OF
ADMISSIONda yashil pasportingizning seriya va raqami ko’rsatilgan bo’lsa, visa berilmaydi. Siz darhol universitet bilan aloqa bog’lab, CHETGA CHIQISH PASPORTIda ko’rsatilgan seriya va raqam ko’rsatilgan yangi CERTIFICATE OF ADMISSION olishingiz kerak

4. Ota-onangiz yoki ulardan birining so’nggi bir yildagi ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma.
5. Ota-onangizning pasport nusxalari.
6. Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomangiz asli.
7. Diplom apostili.
8. Hisobingizda kamida 18 ming AQSh dollari mavjudligi to’g’risida bankdan ma’lumotnoma (Seuldagi universitetlar uchun 20 ming AQSh dollari).
9. Turmush qurganligingiz yoki qurmaganligingiz to’g’risida FHDYOdan ma’lumotnoma
10. Chet elga chiqish uchun yaroqli ruxsatnoma(OVIR)si bo’lgan pasport yoki CHET ELGA CHIQISH PASPORTI.
11. 3×4 va 3,5×4,5 rasm (4 dona).
12. Ingliz tili (IELTS yoki TOEFL) yoki Koreys tili (Topic) sertifikati.

Mana shu hujjatlar bilan siz VIZA olish uchun Koreya elchixonasi bilan shartnomalar tuzib qo’ygan firmalardan biriga murojaat qilasiz. Firmada sizga o’qishga borishdan maqsad, o’qish muddati, qaytish rejangiz so’ralgan so’rovnoma taqdim etiladi. So’rovnomani ingliz yoki koreys tilida to’ldirasiz. Shu bilan birga, firma bilan konsullik to’lovi uchun 100 AQSh dollari va xizmat haqi uchun 150 ming so’m (ikkalasi ham naqd) to’lab xizmat ko’rsatish shartnomasi tuzasiz. Firma sizning hujjatlaringizdagi kamchiliklarni bartafar qiladi, tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomangizni tarjima qiladi hamda tibbiy ko’rikdan o’tishingiz uchun tibbiy karta tayyorlaydi. Shu bilan firmaga hujjatlar topshirish jarayoni yakunlanadi.

Keyingi ish kuni siz firmaga borishingiz va u yerdan muhr qo’yilgan pasport nusxangiz va tibbiy kartangizni olib Tashkent International Medical Clinic ga borishingiz kerak. Bu dargoh Toshkentning bir chekkasida Sarikul ko’chasi oxirida Tashkent International School bilan bir joyda joylashgan. Mo’ljal: Furqat bog’i. U yerga kirish uchun sizni qorovullar yaxshilab tekshirishadi, telefon va boshqa qurilmalaringizni olib qo’yishadi, tibbiy maska taqdirishadi. Ichkarida esa, oddiy tekshiruvlardan o’tasiz. Vazningiz, bo’yingiz va qon bosimingiz o’lchanadi hamda rentgen orqali o’pkangiz tekshirilib sil kasalligi mavjud-mavjud emasligi aniqlanadi. Shu bilan viza uchun hujjatlar topshirish jarayoni yakunlanib, faqat 14-20 kun kutish qoladi.

Viza chiqsa, «Qayerdasan Janubiy Koreya?» deb yo’lga otlanasiz. Mabodo chiqmay qolsa, qilingan shuncha harakat va xarajat sizing unutilmas tajribangizga aylanadi.

Ushbu post @koreya_kundaligi telegram kanali ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!